ishing uchun haq olishing mumkin edi». U (Xizr) aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi men seni sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta’vilidan ogoh qilurman». (Kahf, 74-78.) Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Ibn Abbos (r.a.) va al-Har ibn Qays al-Fizoriy Muso (a.s.) bilan
uchrashgan solih kishining kimligi xususida tortishib qoldilar. Ibn Abbos (r.a.) u kishini Xizr dedilar, al-Fizoriy
esa boshqa odam derdi. Shu yerdan o‘tib ketayotgan Ubay ibn Ka’bni Ibn Abbos to‘xtatdilar va unga dedilar:
«Men va sherigim ikkimiz Muso (a.s.) bilan uchrashgan solih kishi haqida tortishib qoldik. Siz shu haqda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan biror so‘z eshitganmisiz?». Ubay ibn Ka’b Muso (a.s.) bilan uchrashgan solih kishi
Xizr ekanliklarini Payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitganlarini tasdiq etdilar.
Xizr (a.s.) Muso (a.s.)ga bo‘lib o‘tgan voqealarning sababini bayon etdilar:
ٌﻚِﻠَﻣ ْﻢُهَءاَرَو َنﺎَآَو ﺎَﻬَﺒﻴِﻋَأ ْنَأ ُتْدَرَﺄَﻓ ِﺮْﺤَﺒْﻟا ﻲِﻓ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ َﻦﻴِآﺎَﺴَﻤِﻟ ْﺖَﻧﺎَﻜَﻓ ُﺔَﻨﻴِﻔﱠﺴﻟا ﺎﱠﻣَأ ﺎًﺒْﺼَﻏ ٍﺔَﻨﻴِﻔَﺳ ﱠﻞُآ ُﺬُﺧْﺄَﻳ ) ٧٩ ( ﺎًﻧﺎَﻴْﻐُﻃ ﺎَﻤُﻬَﻘِهْﺮُﻳ ْنَأ ﺎَﻨﻴِﺸَﺨَﻓ ِﻦْﻴَﻨِﻣْﺆُﻣ ُﻩاَﻮَﺑَأ َنﺎَﻜَﻓ ُمﻼُﻐْﻟا ﺎﱠﻣَأَو اًﺮْﻔُآَو ) ٨٠ ( ﺎًﻤْﺣُر َبَﺮْﻗَأَو ًةﺎَآَز ُﻪْﻨِﻣ اًﺮْﻴَﺧ ﺎَﻤُﻬﱡﺑَر ﺎَﻤُﻬَﻟِﺪْﺒُﻳ ْنَأ ﺎَﻧْدَرَﺄَﻓ ) ٨١ ( «Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Chunki ularning ortida barcha kemalarni tortib olayotgan podshoh bor edi. «Haligi bolaning esa, ota-onasi mo‘min kishilar edi. Bas, biz u bola tug‘yon va kufr bilan ularni qiynab qo‘yishidan qo‘rqdik. «Shu sababdan, ularga Parvardigorlari u boladan ko‘ra pokizaroq va undan ko‘ra mehribonroq (boshqa bolani) evaz qilib berishini istadik». (Kahf, 79-81.) Xizr (a.s.) o‘ldirgan bolaning evaziga Alloh taolo qiz farzand bergani, bu qiz kelajakda ota-onasiga ko‘p mehribonlik
qilib, xizmat qilgani va o‘zi ham soliha ayollardan bo‘lgani haqida Dovud ibn Abu Osim juda ko‘p muhaddislardan rivoyat
qilgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 296-bet.)