«U (Xizr) aytdi: «Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan. (Zotan) o‘zing egallab xabardor bo‘lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!» Xizr (a.s.) dedilar: «Ey Muso, Alloh taolo menga shunday ilmni bildirganki, uni sen bila olmaysan. Alloh taolo senga shunday ilmni bildirganki, uni men bila olmayman». (Muso) dedi: «Inshaalloh, sen mening sabrli ekanimni ko‘rursan. Men biror ishda senga itoatsizlik qilmasman». U (Xizr) aytdi: «Bas, agar menga ergashsang, to o‘zim senga aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan so‘ramagin!» Xizr (a.s.) va Muso (a.s.) ikkovlari dengiz sohili bo‘ylab yo‘lga tushdilar va kema to‘xtab turgan joyga yetdilar. Kemachi bilan gaplashib, ikkovlari kemaga chiqqan edilar, Xizr (a.s.)ni tanib qolgan kemachi haq olmasdan aytgan joylariga olib borib qo‘yishga va’da berdi. «Bas, ikkisi yo‘lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizr kemani) teshib qo‘ydi. (Muso) aytdi: «Odamlarni g‘arq qilish uchun uni teshdingmi?! Juda nojo‘ya ish qilding- ku!» U (Xizr) dedi: «Men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmaydi, demaganmidim?!» (Muso) aytdi: «Unutganim uchun meni ayblamagin va bu ishim sababli meni mashaqqatga duchor ham qilmagin». (Kahf, 67-73.) Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shunday dedilar: «Musoning avvalgi xatosi, ya’ni sabrsizlik qilishi unutish sababidan edi» . Shuning uchun Xizr uzr-ma’zurni qabul qildilar. Shu onda bir chumchuq kemaning
yoniga asta qo‘nib, dengiz suvidan tumshug‘i bilan bir qatra olib yuta boshladi. Xizr (a.s.) Muso (a.s.)ga
chumchuqni ko‘rsatib: «Alloh taoloning ilmi oldida, uning sizga va menga o‘rgatgan ilmi dengizdan olingan
chumchuqning tumshug‘idagi qatra miqdorichadir».
Ikkovlari sohil bo‘ylab yurishda davom etdilar va yo‘lda o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan bir bolani uchratdilar.
Xizr (a.s.) bolaning boshidan ushlab, uni uzib oldilar.Alloh aytadi: