Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
bo‘lganlari uchun Alloh ularga bu mustaqillikni berdi va bani Isroil uzoq muddat Baytul muqaddas va atroflarini 
yashnatib, obod qilishib, payg‘ambarlariga itoat va Allohga shukr qilishib yashay boshladilar. 
Alloh taolo o‘zbek xalqini ham yetmish yil sinovda tutdi, ajdodlarimiz bir necha marta qatag‘onga uchradi, 
qancha-qancha olimlarimiz, ziyolilarimiz, tadbirkorlarimiz, imon-e’tiqodli din peshvolarimiz qurbon bo‘ldilar. Ona 
yerimizning behisob boyliklari talon-taroj etildi. Bog‘lar kesildi, daryolar, ko‘llar va dengiz suvi quritildi. Ota-
bobolarimiz mustaqillik ne’matini orzu qilib, unga erisholmasdan, ko‘zlari bilan ko‘rolmasdan armon bilan 
olamdan o‘tib ketdilar. O’sha mash’um davrdan xalqimizga juda katta zarar – ma’naviy zarar meros bo‘lib 
qoldi. Xalq imon-e’tiqoddan uzoqlashdi. Halol-haromning chegarasi buzildi. Kishilar o‘rtasida mehr-oqibat 
yo‘qoldi, muruvvat qolmadi. Aroqxo‘rlik, fohishalik, qimorbozlik, o‘g‘irlik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, zo‘ravonlik 
kuchaydi. Bu illatlarning barchasi xalqimiz uchun sinov edi. 
Alloh taolo mustaqillik ne’matini bergandan so‘ng, xalqimiz erkin nafas ola boshladi va istiqlol nashidasini 
sura boshladilar. Ammo o‘tmishdan qolgan sarqit va asoratlardan xalqimizni qutultirish, ko‘p asrlik ota-
bobolarining diniga, imoniga, axloqiga qaytarish uchun hali ko‘p ish qilinishi lozim bo‘ladi. 
«O’z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz, - deb yozgan edi I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul 
bilan qoplangan yo‘l emas, totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-
zaxmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir». (I.Karimov. Asarlar. 1-jild, 359-bet.)
 
 
O’zbekiston prezidenti I. A. Karimov bu borada mustaqillikning dastlabki yillaridayoq jon kuydirib gapirgan 
va xalqning tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan «ma’naviyat» masalasini ko‘ndalang qo‘ygan edi. Ma’naviyatni esa 
prezident shunday ta’riflagan: 
«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki 
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni 
tasavvur qilaman». (M.Inomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. TIU nashriyoti. Toshkent. 2001. 3-bet.)
 
Mustaqillikka erishganimizga o‘n yildan ortib ketdi. Bu davrda mamlakatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy 
jihatdan ham juda katta muvaffaqiyatlarga erishdiki, ularni televidenie va radio orqali har kun kuzatib 
bormoqdamiz, takrorga hojat yo‘q. Ammo ma’naviy jihatdan hali juda orqadamiz. Ma’naviyatning ham ba’zi 
jihatlari, masalan ilmu fan, san’at, madaniyat va maorif masalalarida ancha ilgarilash bor. Ammo ta’lim-tarbiya, 
odob-axloq masalalarida anchagina kamchilik mavjud. Yoshlar orasida aroqxo‘rlar, buzuq yo‘llarga kiruvchilar
fohishalar, giyohvandlar, xiyonatchilar, guruhbozlar ko‘payib ketgan. Yoshlarning bu jihatlarini sozlashda 
asosan diniy tarbiyaga kuch berilishi kerak. Chunki, xalq orasida: «Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq!» - degan 
maqol bejiz aytilmagan. Insonni hamisha yaxshilikka chorlab turuvchi, hech kim «rahmat» demasa ham 
yaxshiligini davom ettirishiga turtki bo‘luvchi narsa bu uning imonidir, xudo albatta uning yaxshiligini mukofotsiz 
qoldirmasligiga chin qalbidan bo‘lgan ishonchidir. Bunday odam: «Yaxshilikni daryoga qil, daryo bilmasa baliq 
bilur, baliq bilmasa xoliq (yaratuvchi) bilur», -
degan maqolga amal qiladi va ezgu ishida davom etadi. 
Yomonlikdan esa, birov uni uyaltirmasa yoki qo‘rqitmasa ham, o‘zining imoni unga: «Alqasosu minal haq 
(ekkaningni olasan!)» -
deb tanbeh berib turadi va yomonlikdan, jinoyatdan saqlanadi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin