Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: 
«Agar men o‘sha yerda bo‘lganimda, sizlarga Muso (a.s.)ning qabrlarini ko‘rsatar edim. U zotning 
qabrlari «saxra» (muallaq tosh)dan bir o‘q yetar masofada, qizil rangli qum barxanlari orasidadir»
.
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat etilishicha, Muso (a.s.) bir to‘p farishtalarning qabr qaziyotganlarini ko‘rdilar. 
Qabr juda manzarali, fayzli ko‘rindi. Muso (a.s.): «Ey Allohning farishtalari, bu qabrni kim uchun 
qaziyapsizlar?» - deb so‘radilar. Ular: «Allohning bandalaridan bo‘lgan bir ulug‘ odam uchun. Agar o‘sha ulug‘ 
odam siz bo‘lishni istasangiz, marhamat qabrga kiring, uzala tushib yoting, Allohga tavajjuh qiling!» - deyishdi. 
Muso (a.s.) qabrga kirdilar va shu yerda yotgancha vafot etdilar. Farishtalar Allohning ulug‘ bandasi va 
payg‘ambarini dafn etdilar. 
Muso (as) 120 yoshlarida Tiyh sahrosida Baytul Muqaddas atrofida vafot etdilar, qabrlari ham o‘sha 
yerdadir. 
Muso (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar 
Alloh taolo Muso (a.s.) va qavmlari bani Isroil haqida Qur’oni karimda juda batafsil ma’lumot bergan. Muso 
(a.s.)ning tavalludlaridan boshlab, to umrlarining oxirigacha hayotlari aks etgan oyati karimalarning ma’nolari 
va ularning hikmatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu qissadan juda katta dars va ibrat olishimiz mumkin. 
Qissada Alloh taolo o‘zining qudratini ham, Fir’avn va uning tarafdorlari makriga munosib makrini ham
kutilmagan yerda bandalariga najot beruvchi mehribon Zotligini ham, bani Isroil qavmini qirq yil Tiyh vodiysida 
sargardon qilganidek qahrini ham namoyish etgan. Har bir kitobxon bu qissani o‘qir ekan, o‘ziga quyidagi 
ibratlarni olish mumkin: 
1. Millatning ma’naviy tarbiyasi barchamizning vazifamizdir. Alloh taolo qissada bayon etishicha, zolim 
Fir’avn qavmining orasida, doimiy ravishda ulardan haqorat, zulm, zo‘ravonlik ko‘rib, ezilib, qo‘rqib kelgan bani 
Isroil qavmi erkin, farovon hayotdan uzoq, erkin fikr yuritish qobiliyatidan mahrum, axloqan tuban bo‘lishib, ular 
uchun yaxshilik bilan yomonlikning farqi qolmagan edi. Shuning uchun Alloh taolo bu qavmni qayta tarbiyalash 
uchun ularga Muso va Horun (a.s.)larni tarbiyachi payg‘ambar sifatida yubordi. Ularni o‘z haqqini taniydigan, 
qo‘rqmas, jasoratli, mard bo‘lish uchun Muso (a.s.) boshchiliklarida jihod qilib, «Muqaddas yerga» kirishga 
Alloh taolo amr etdi. Ammo qalbi vahima va qo‘rquv bilan limmo-lim to‘lgan, kimga bo‘lsa boshini egib, o‘zini 
hokisor tutib, itoat etishga o‘rganib qolgan qavm dushman bilan jang qilishga, ularga qarshi qurol ko‘tarib 
hujum qilishga yuragi dov bermadi va payg‘ambarga e’tiroz bildirishib: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin