Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
47
«Sizlar xotinlaringizni qo‘yib, shahvatni erkaklarga keltirasizlarmi?! Ha, sizlar johil qavmdirsizlar!».
(Naml, 55.)
Uchinchi oyati karimada Alloh taolo Lut qavmini «johil qavm» deb atadi. Bu oyatning ma’nosidagi johillik
ilmning ziddi bo‘lgan jahl emas, balki pastkashlik va tubanlik bo‘lib, bu illat sohibi toshbo‘ronga loyiqdir. Hozirgi
yoshlarning tarbiyasi izdan chiqib, aroqxo‘rlik, giyohvandlik, fohishalik illatlari kuchayib turgan, odamlar orasida
halol va harom chegarasi loqaydlik bilan buzilayotgan bir paytda, g‘arb mamlakatlarida Lut qavmi mubtalo
bo‘lgan tubanlik kasali ham avj olmoqda. Alloh taolo bu illatga mubtalo bo‘lganlarning jazosi toshbo‘ron
ekanligini bayon etib turganda, kutilmagan balo jamiyat ustiga yog‘ilib qolishning oldini olish uchun, farzandlar,
yoshlar tarbiyasi ustida qattiq ish olib borish kerak bo‘ladi. Bu ishda o‘tgan payg‘ambarlar va qavmlarning
tarixini o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
2.
Bachchavozlik illati inson salomatligiga zarardir. Bachchavozlik
jamiyatning axloqiy buzilishiga katta
ta’sir ko‘rsatish bilan birga, har bir odamning sog‘ligiga ham futur yetkazadi. Chunki, zinokorlik bilan yuqishi
mumkin bo‘lgan yaramas tanosil kasalliklari va SPID bachchavozlik bilan ham yuqadi. Bachchavozlikning eng
yomon asorati erkak kishini xunasaga aylantirib qo‘yishidir. Shuning uchun ham Alloh taolo inson salomatligi
uchun juda katta zarari bo‘lgan bu manfur illatdan uzoq bo‘lishni buyurgan.
3. Bachchavozlarni Alloh qattiq jazolaydi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida Lut (a.s.)ning qavmlarini
qilgan ayblari uchun qattiq jazoladi va Saddum shahari ichidagi bor narsasi bilan yer qa’riga kirib ketdi:
Dostları ilə paylaş: