اﻮُﻟﺎَﻗ ْن َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ِﻪﱠﻠﻟا ِباَﺬَﻌِﺑ ﺎَﻨِﺘْﺋا ) ٢٩ ( َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻤْﻟا ِمْﻮَﻘْﻟا ﻰَﻠَﻋ ﻲِﻧْﺮُﺼْﻧا ِّبَر َلﺎَﻗ ) ٣٠ ( «Lut o‘z qavmiga: «Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kim bu ishni qilmagan edi. Haqiqatan ham sizlar xotinlaringizni qo‘yib, erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi; majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi?!» - deganini eslang. Bas, Lut qavmining javobi faqat: «Agar sen rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizlarga Allohning azobini keltir» - deyishlari bo‘ldi. Shunda Lut aytdi: «Ey, Robbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O’zing meni g‘olib qil!».(Ankabut, 28-29.) Alloh taolo bu munkir, fohish qavmni jazolash uchun o‘z farishtalarini yubordi. Farishtalar avval Ibrohim
(a.s.)ning ziyoratlariga kirdilar va Lut (a.s.)ning qavmlari Alloh tarafidan halokatga mahkum etilganlari xabarini
berdilar. اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻬَﻠْهَأ ﱠنِإ ِﺔَﻳْﺮَﻘْﻟا ِﻩِﺬَه ِﻞْهَأ ﻮُﻜِﻠْﻬُﻣ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ىَﺮْﺸُﺒْﻟﺎِﺑ َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ﺎَﻨُﻠُﺳُر ْتَءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻟَو ِﻟﺎَﻇ َﻦﻴِﻤ ) ٣١ ( ُﻪَﺗَأَﺮْﻣا ﻻِإ ُﻪَﻠْهَأَو ُﻪﱠﻨَﻴِّﺠَﻨُﻨَﻟ ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻦَﻤِﺑ ُﻢَﻠْﻋَأ ُﻦْﺤَﻧ اﻮُﻟﺎَﻗ ﺎًﻃﻮُﻟ ﺎَﻬﻴِﻓ ﱠنِإ َلﺎَﻗ َﻦﻳِﺮِﺑﺎَﻐْﻟا َﻦِﻣ ْﺖَﻧﺎَآ ) ٣٢ ( «Qachonki, elchilarimiz (farishtalar) Ibrohimga farzand ko‘rishi haqida xushxabarni keltirgach, aytdilar: «Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning aholisi zolimdirlar! Ibrohim: «Axir, u yerda Lut bor-ku?» - dedi. Ular aytdilar: «Bizlar u joyda kim borligini biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halok
bo‘luvchi)lardandir».(Ankabut, 31-32.) Keyin ular Saddum tomonga ketdilar va shaharga kirishda bir qizni uchratdilar. Farishtalar o‘zlarining
musofir ekanliklarini aytib, ertalabgacha uyidan joy berishini so‘radilar. Qiz esa otasidan ruxsat so‘rashini aytdi
va uyiga chopib ketdi. Uning otasi Lut (a.s.) edilar.
O’z qavmlarining yomon fe’lidan xabardor bo‘lgan Lut (a.s.) uchun uylariga musofir kishilarni qo‘yish juda
mushkil ish edi. Chunki, begona erkak mehmon bo‘lgan xonadonga fosiq qavm bostirib kirishar va
bachchavozlikka majbur qilishar edi. Asli tabiatida musofirga rahm-shafqat va mehmonnavozlik bo‘lgan Lut
(a.s.) tavakkal qilib, farishtalarni uyga taklif etdilar. Shu ondayoq qaerdandir xabar topgan qavm Lut (a.s.)ning
uylariga kelishib, «yigit» qiyofasidagi farishtalarni talab qila boshladilar. Lut (a.s.) ularga ko‘p nasihat qildilar,
nihoyat o‘z qizlarini olib chiqib: