Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


َﻦﻴِﻗِﺮْﺸُﻣ ُﺔَﺤْﻴﱠﺼﻟا ُﻢُﻬْﺗَﺬَﺧَﺄَﻓ



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 َﻦﻴِﻗِﺮْﺸُﻣ ُﺔَﺤْﻴﱠﺼﻟا ُﻢُﻬْﺗَﺬَﺧَﺄَﻓ
)
٧٣
(
 ْﻦِﻣ ًةَرﺎَﺠِﺣ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻧْﺮَﻄْﻣَأَو ﺎَﻬَﻠِﻓﺎَﺳ ﺎَﻬَﻴِﻟﺎَﻋ ﺎَﻨْﻠَﻌَﺠَﻓ
 ٍﻞﻴِّﺠِﺳ
)
٧٤
(
 َﻦﻴِﻤِّﺳَﻮَﺘُﻤْﻠِﻟ ٍتﺎَﻳﻵ َﻚِﻟَذ ﻲِﻓ ﱠنِإ
)
٧٥
(
 
«Tong paytida (to‘satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi. Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib 
yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog‘dirdik. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar 
uchun alomatlar bordir».(Hijr, 73-75.)
Ushbu oyatning mazmuniga muvofiq, bachchavozlik bilan shug‘ullangan har bir kimsa, u xoh oilali bo‘lsin, 
xoh yolg‘iz bo‘lsin, Imom Shofeiy, Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa mujtahid olimlar, toshbo‘ron qilib 
o‘ldirishga ittifoq qilganlar. Dalil sifatida Imom Ahmad va boshqa «Sunan» sohiblari rivoyat qilgan hadisni 
keltiradilar: «Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadiki, Janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
«Lut qavmi qilgan ishni qiluvchi odamni topsangizlar, «foil»ni ham, «maf’ul»ni ham o‘ldiringlar». 
Imom A’zam mazhablarida esa, bachchavozlar tog‘ning eng baland cho‘qqisidan pastga tashlab yuboriladi 
va orqasidan toshlar otiladi. Chunki, Lut (a.s.)ning qavmlarini manfur ishlari uchun Alloh taolo shunday 
jazolagan. 
4. Mehmon Allohning amonatidir. Lut (a.s.)ning qissalarida Alloh taolo uyga kelgan mehmonni ikrom 
qilish, unga qulaylik yaratib berish va zarur bo‘lganda barcha vositalar bilan dushmandan himoya qilish darsini 
ham bermoqda. 
Lut (a.s.) o‘zlarining huzurlariga kelgan mehmonlarni qavmlaridan qattiq turib himoya qildilar. Hattoki, 
manfur qavm mehmonlarga tegajoqlik qilmasin deb, avval darvozani yopib qo‘ydilar. Keyin qavm oldiga 
yuzma-yuz chiqib, nasihat qilmoqchi bo‘ldilar. Qavm o‘z niyatidan qaytmaganidan so‘ng, o‘zlarining 
jigarbandlari, pokiza qizlarini ularga tutib, mehmonlariga tegmaslikni iltijo qildilar: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin