4
5
Peshonasi yarqiragan gulgʻunchaning
Qadamiga toʻkiladi gʻoyibdan nur.
Bu
chamanning quvnoq, shodon bolalari
Eminerkin nafas olar aylab huzur.
deb yozadi shoira bir sheʼrida.
Boyovut zaminida kamol topayotgan yana bir isteʼ-
dodli ijodkor Odina Abdumoʻminova, asosan,
bolalarga
bagʻishlangan sheʼrlari bilan ustozlar eʼtiboriga tushgan.
Bir nechta sheʼriy kitoblari nashr etilgan Odina allaqa-
chon oʻz uslubiga, oʻz aytar soʻziga ega boʻlgan
shoira
hisoblanadi. Uning ijodi bilan tanishar ekansiz,
atoqli
bolalar shoiri Anvar Obidjonning quyma satrlari, obraz
li ifodalarga boy misralari yodingizga tushadi. “Xoʻroz
emas, xoʻrozqand” sheʼrida otasi pul berib, qoʻshnini-
kidan bitta xoʻroz olib kelishga
yuborgan Sherozning
“uddaburon”ligi shunday tasvirlanadi:
Akam keldi koʻngli chogʻ,
Eh, dadamga berdi pand!
Deydi: “Bitta xoʻrozmas,
Oldim yuzta xoʻrozqand!”
Ijodkor qizning boshqa koʻpchilik sheʼrlarida ham
shu kabi yumoristik tasvir, kutilmagan xulosalar oʻqu-
vchiga zavq beradi; muallifning sinchkov nigohi, topqirli-
gi kitob xonni hayratlantiradi.
Shuningdek, ijod namunalari ushbu bayozdan oʻrin
olgan Sarvinoz Qozoqova, Zanjiloy Abdusalomova, Diyo
ra Abdujabborova singari yosh qalamkashlarning sheʼr-
larida ham oʻzini, oʻzligini, oʻz uslubini tinmay izlayotgan
bezovta qalb teranishlarini sezish mumkin.
Tabiat oʻyini bari hisobli:
Bulutlar yigʻlasa, gullar quvnaydi.
Ariqlar
boladay oqadi quvnab,
Uyidan uzoqqa lekin jilmaydi.
deb yozadi Zanjiloy bir sheʼrida. Ming yillarki, inson
tabiat bilan chambarchas uygʻunlikda yashab keladi. Ta-
biatni teran qalb koʻzi ila kuzatib, uygʻoq tuygʻulariga
undan nusxa olayotgan yosh shoiraning oʻziga xos tash-
behlari, ohorli ifoda yoʻsini sheʼrxonni sergaklantiradi,
mushohadaga chorlaydi.
Ushbu toʻplamdagi sheʼrlarning katta qismi hali juda
yosh, ijod olamiga endigina moʻralab nazar tashlayotgan
oʻquvchilar qalamiga mansubdir.
Ularning ijodi haqi-
da hali bir toʻxtamga kelish, tayinli xulosalar chiqarish
mushkul, albatta. Ammo bulutli osmonda “yarq” etgan
chaqmoq kabi koʻzga tashlanib qoladigan, yurakda umid
uchqunlarini uygʻotadigan misralar talaygina. Mana bu
satrlarga eʼtibor bering:
Har
qarich yeringda obodlik
Koʻzlarim quvonchdan porlaydi!
Oʻzbegim, oʻzingsan oʻzligim,
Seningsiz tol’eyim kulmaydi...
Bu hali qoʻliga qalam ushlaganiga unchalik ham koʻp
boʻlmagan jajji qizaloq Sitora Jullayeva toʻqigan sheʼrdan
keltirilgan misralar. Qarang, shu mittigina yurak ham asl
baxt, asl saodat Vatanda, oʻz xalqi bilan birlikda ekanligi-
ga ishonch hosil qilib borayotir! Shu kabi sheʼriy satrlar-
ni oʻqir ekansiz, majmuaga “Parvoz” deya nom berilishi
bejiz emasligiga iqror boʻlasiz. Bu sheʼriy bayoz haqiqiy
iqtidor egalari uchun, ijod mashaqqatini oʻz qismati deb
biladigan yoniq qalblar uchun yuksak parvozlar sari bir
yoʻlakcha boʻlib xizmat qilsa, ne ajab!
Dostları ilə paylaş: