48
49
Baribir yedim dakki,
Toki uyga kirguncha.
Sho‘xligi jondan o‘tdi,
Oyisi kelmas buncha.
BAHOR KELDI YURTIMIZGA
Bahor
keldi yurtimizga,
Quvonch to‘ldi dilimizga.
Sepin yoydi shodlantirib,
Bayram bilan elimizga.
Shamol ham shodlanadi,
Biz tomon otlanadi.
Yigʻlatib
huv bulutni,
Quyosh yuzin ochadi.
Ko‘kka chiqar kamalak,
Gulga qo‘nar kapalak.
Doshqozonda sumalak,
Pishgancha jonlar halak.
Bugun bayramlar sayli,
Bular tinchlik tufayli.
Yomgʻir bo‘lsin, do‘l bo‘lsin,
Hosilimiz mo‘l bo‘lsin.
S
haripova Shabbona 2008-yilda Sirdaryo viloya-
ti Boyovut tumanida tavallud topgan. Hozirda
tumandagi 15-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.
MUALLIM
Ilk marta partaga sekin o‘tkazib,
Jajji qo‘llarimga qalam tutkazib.
Menga harf tanitgan qalbi jahonni,
Unutmayman aslo o‘sha insonni.
Onamday mehribon tutib o‘zini,
Yozishni o‘rgatgan “Vatan” so‘zini.
Hamisha yodimda aytgan so‘zlari,
Ko‘rib quvonarman go‘zal yuzini.
Yoritganday bo‘ldi ko‘ksimda go‘yo,
Tanitdi dunyoni,
halollik, do‘stlik.
Doim yuragimda ulug‘ muhabbat,
Birinchi muallim sizga ming rahmat.
SIZ MENING ONAMSIZ
Tunlari boshimda o‘tirardingiz,
Gar kulsam quvonib kular edingiz.
Yig’lasam
hamisha ovutardingiz,
Siz
mening onamsiz, siz mening onam.
Xafa bo‘lsam ko‘nglim ko‘tarardingiz,
Xato qilsam goho urushardingiz.
Doim to‘g‘ri yo‘lga boshlar edingiz,
Siz mening onamsiz, siz mening onam.
50
51
Borligingiz sabab baxtli yuribman,
Dardingiz ko‘pligin bilib turibman.
Borligingiz baxtim bugun bilibman,
Siz mening onamsiz, siz mening onam.
Dostları ilə paylaş: