32
33
Hur
istiqlol tufayli,
Har bir goʻsha oboddir.
Vohaning ravnaqini
Koʻrib, koʻngillar shoddir.
Yangiyangi “siti”lar
Quvnatadi koʻzlarni.
Shukronalik aks etar,
Qarang, gulgun yuzlarni.
Men tugʻilgan
shu zamin
Ajdodlardan merosdir.
Tuprogʻin eʼzozlashim
Asli ularga xosdir.
Y
oqubov Og‘abek Hakimjon o‘g‘li 2010-yil
15-oktabrda Sirdaryo viloyati Shirin shahrida
tavallud topgan. Hozirda Boyovut tumanidagi 51-sonli
umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi.
JANNATIM ONAM
Dunyoga keldimu ko‘zlarim,
Mehringizdan quvonib ketdi.
Issiq bag’ringizdan yuragim,
Tez urdi va to‘lg’onib ketdi.
Onajon, jannatning farishtasi siz,
Oilamizning baxti, sarishtasi siz.
Bizlarni deb doim joningiz halak,
Tarbiya qilyapsiz bir o‘g’il, bir qiz.
Barcha
onajonlar farzandlarin deb,
Mehnatdan qo‘llari qavarib ketgan.
Sira qiynalmasin dilbandlarim deb,
Qirqqa kirmay sochi oqarib ketgan.
Bu hayot o‘tkinchi, berilar bir bor,
Onangiz ranjitmang, ko‘nglini oling.
Ikta issiq nonmi yoki bir ro‘mol,
Olingu onangiz ko‘rgani boring.
FASLLAR
Birinchi
kelar bahor,
Bo‘larmiz ishda ilg’or.
Kamalak chiqar qirdan,
Yomg’ir yog’adi har dam.
So‘ngra kelar issiq yoz,
Suvda suzar o‘rdak, g’oz.
Men yomg’irdan qutildim,
Eh, quyoshga tutildim.
Mevalar g’arq pishganda,
Yerga yaproq tushganda.
Maktab
tomon choparmiz,
Kelganida oltin kuz.
Kirib kelar kumush qish,
Dalalarda tugar ish.
Buni nazaringga il,
Qishda kelar Yangi yil.