3
YUKSAK PARVOZLAR SARI!
Har bir xalqning maʼnaviy dunyosini, milliy qadriyat-
larini va oʻzlikni anglash darajasini
uning adabiyotidan
bilsa boʻladi. Shu maʼnoda
adabiyotga, soʻz sanʼatiga
“Hayot koʻzgusi” deya taʼrif berilishi bejiz emas. Chunki
unda muayyan bir millatning oʻziga xos mentaliteti, ruhiy
olami namoyon boʻladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan
oʻzgarishlar, yangilanishlar ham birinchi navbatda badiiy
ijod sohasida, sheʼriyatda aks etishi tabiiy bir hol, albatta.
“Boyovut” degan nom tilga olinganda oʻzbek kitob
xoni koʻz oʻngida hassos ijodkor, millatimizning Toʻmari-
si hisoblanmish Halima Xudoyberdiyeva siymosi gav
dalanadi. Chunki ardoqli
shoiramiz Boyovut zaminida
tugʻilib
voyaga yetgan, ilk ijodi
bilan jamoatchilikning
eʼtiboriga tushgan edi. Qoʻlingizdagi
bayozda esa ana
shu soʻlim manzilda yashab
ijod qilayotgan bir guruh
qalamkashlarning ashʼoridan nafis bir guldasta jamlan-
gan. Ushbu majmuani varaqlar ekansiz, Boyovut tuprogʻi
halihamon dilbar sheʼriyat nafasi bilan yashayotganiga,
qoʻliga qalam tutgan har bir ijodkor yuragida Halima
xonimning isyonkor ruhi balqib turganiga amin boʻlasiz.
Sayyora Ernazarovani Sirdaryo ahli noziktaʼb shoira,
yosh qalamkashlarning jonkuyar ustozi sifatida bilishadi.
Uning sheʼrlarida oʻz hayotini ijoddan ayro tasavvur eta
olmaydigan qishloq ayoli, farzandlar kamoli uchun bor
narsasini berishga tayyor ona timsoli namoyon boʻladi.
Baʼzi bitiklarida esa, hayajonning kuchliligidan misralar
qolipiga sigʻmay qolgan isyonkor tuygʻular boʻy koʻrsatib
turadi.
УЎК 716
КБК 8253
S 11
Parvoz [Matn]: She’rlar – Toshkent:
2023. – 60 b.
ISBN: 978-9943-8245-9-6