1. Rim adabiyotining asosiy taraqqiyot bosqichlari va yo‘nalishlari.
2. Rim poeziyasi va prozasi. Rim adabiyotining «oltin davri».
3. Rim shoirlari (Vеrgiliy, Goratsiy, Ovidiy, Plavt ijodi).
4. Rim she’riyatining o‘ziga xosliklari.
RIM ADABIYOTINING ASOSIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA YO‘NALISHLARI.
Yunon xalqi inqirozga yuz tutgan bir davrda, O‘rta Yer dengizining g‘arbiy qirg‘og‘ida antik dunyo adabiyotining ikkinchi tarmog‘i – Rim adabiyoti paydo bo‘la boshladi. Mazkur adabiyot lotin tilida yaratildi. Rim adabiyoti Yunon adabiyoti erishgan barcha yutuqlardan, va shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga qo‘shgan qator yangiliklardan to‘la-to‘kis foydalanib, ham shaklan, ham mazmunan yana bir daraja yuqori bosqichga ko‘tariladi va, keyinchalik, yangi dunyo Yevropa adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qudratli bir adabiyotga aylandi.
RIM ADABIYOTINING ASOSIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA YO‘NALISHLARI.
Rimning madaniy hayotida Yunonlarning xizmati singmagan deyarli hech qanday soha bo‘lmagan deyish mumkin. Hattoki birinchi Rim shoiri Liviy Andronik (m.av.284-204 y) ham Yunonistonlik bo‘lgan. Yunon maktablarida izohli o‘qishda asosan Homer dostonlaridan foydalanilgan. Shu bois Liviy Andronik “Odisseya” dostonini lotin tiliga tarjima qilgan. Mazkur tarjima Rim adabiyotining birinchi yozma yodgorligi bo‘lishi bilan birga, qariyb ikki asr davomida maktablarda asosiy o‘quv kitobi bo‘lib xizmat qilgan.
XVII asr klassitsizm tragediyalariga xos bo‘lgan “libos” Esxil, Sofoklga qaraganda ko‘proq Rim dramaturgi Seneka ijodi ta’sirida shakllangan bo‘lgan bo‘lsa, mazkur davr Yevropa eposi Homer dostonlari ta’sirida emas, Vergiliyning “Eneida”si asosida yaratildi.