Ovidiy Rim yaqinidagi Sulmon shaharchasida chavandoz oilasida dunyoga kelgan elegiyanavis shoir. Boshqa rimlik shoirlar singari Ovidiy ham Yunon she’riyatini qadrlagan va o‘z asarlarini yaratar ekan, unga qayta-qayta murojaat qilgan.
Ovidiy asarlari
Shoirning “Ishqiy elegiyalar” (“Amores”) to‘plami 3 qismdan iborat bo‘lib, “Qahramon ayollar” va “Sevgi san’ati” poemasi sevgini madh etuvchi asardir.
Bundan tashqari Ovidiyning “Fastlar”, “Ishqning davosi”, “Yuz uchun vositalar”, “Pontdan maktublar” kabi asarlari ham ma’lum. “Metamorfozalar” epik dostoni Ovidiy ijodining cho‘qqisi.
“Metamorfozalar”
Gekzametr vaznidagi 12 ming misradan iborat salmoqdor bu dostonda Yunon va Rim mifologiyalarida benihoya ko‘p uchraydigan afsonaviy evrilishlar – ma’bud va ma’budalarning, suv va o‘rmon parilarining, ayniqsa odamlarning jonivorlarga, o‘simliklarga, tosh va tog‘larga, hatto yulduzlarga aylanib qolishlari haqidagi rivoyatlar hikoya qilinadi.
PLAVT
Plavtning eng o‘tkir va maroqli asarlari “Maqtanchoq jangchi”, “Xumcha”, “Psevdol (“Aldamchi qul”)” komediyalaridir. Plavt o‘z faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng muhimi, asarlarining deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan birinchi Rim komediyanavis shoiridir.. Shoirning asarlarida hech qachon bir vazndagi o‘lchov uchramaydi.
Xumcha
Plavtning “Xumcha” komediyasi juda kulgili, ular qiziqarli sahnalar, hazillar, zukko va quvnoq replikalarga boy. “Xumcha” komediyasidan ruhlangan XVII asr fransuz dramaturgi Moler “Xasis” komediyasini yaratgan.
RIM SHE’RIYATINING O‘ZIGA XOSLIKLARI.
Rim she’riyatida ijodkorlar qahramonlarning har birini, xususan, ularning ruhiy holatlarini alohida-alohida mushohada etib, qalblariga chuqur ko‘z tashlab, ruhiyatlarini ajoyib iste’dod va poetik mahorat bilan tasvirlaydi, yorqin bo‘yoqlarda qiyofalarini chizadi. Bu esa Rim ijodkorlari asarlarining mukammalligini oshirgan. Shu bilan Rim she’riyati dunyo adabiyotining eng jozibador badiiy yodgorliklari darajasiga ko‘targan.