Rim she’riyatining oltin asri m.o. I asrning o‘rtalaridan melodiy I asrning boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Fuqarolar urushi davomida m.o. 31- yili Aksium yaqinidagi jangda siyosiy arbob va sarkarda Mark Antoniyning qo‘shini, keyinchalik Avgust faxriy unvonini olgan Oktavian askarlari tomonidan tor-mor etildi. Oktavian Avgust Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi.
Oktavian Avgust Rim imperiyasining hukmdoriga aylangach Rim adabiyotida publitsistika gullab-yashnadi, buyuk Rim shoirlari – Goratsiy, Vergiliy, Ovidiylarining she’riy asarlari yozildi. Goratsiy lirikasi, Vergiliy va Ovidiyning epik dostonlari hamda Plavt asarlari Rim she’riyatining oltin meros bo‘lib qoldi.
Goratsiy
Kvint Goratsiy Flakk miloddan oldingi 65 yilda Italiya janubidagi Vinuziya shaharchasida tug‘ilgan. Goratsiy she’riyatning turli janrlarida ijod qildi: oda, satira, madhiya, nomalar shular jumlasidan. Shoir ijodida san’at va she’riyatning jamiyatdagi o‘rni masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Goratsiyning ijodiy me’rosi bizgacha deyarli to‘la holda etib kelgan. Ular quyidagilar:
“Epodlar” deb ataluvchi 17 she’rdan iborat bitta to‘plam.
“Satiralar” deb ataluvchi 18 she’rdan iborat ikkita to‘plam.
“Qasidalar” deb nomlanuvchi 103 she’rdan iborat to‘rtta to‘plam.
“Nomalar” deb ataluvchi 23 she’rdan iborat ikkita to‘plam.
“Bayram madhiyasi” she’ri.
VERGILIY
Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliydan hammasi bo‘lib uchta asar yetib kelgan. Bulardan birinchisi “Bukolikalar”(cho‘pon she’rlari), ikkinchisi “Gerogikalar” (dehqon qo‘shiqlari) va uchinchisi “Eneida” dostonidir.
“Eneida” asari
Rim eposi asoschisi Vergiliyning “Eneida” dostoni, Homerning dostonlari bilan tenglashtirilgan.