18
19
Yuragimni aqldan ozdir,
Mudragan kechmishim uygʻonsin.
Meningdayin telbalar ozdir,
Layli muhabbatidan tonsin.
BIR BAXT BO‘LSA…
Bir baxt boʻlsa,
Oxiri yoʻq.
Ohori yoʻq.
Ozori yoʻq.
Bir chaqaga sotilar,
Ming bozori yoʻq.
Kuz daraxtin avrab,esgan shamol kabi
Xazonlar duuv toʻkilar,jon mozori yoʻq.
Bir baxt boʻlsa,
Sirdan yiroq.
Darddan yiroq.
Garddan yiroq.
Ayshishratga berilgan,
Huuv marddan yiroq.
Saratonda sargʻaygan dil izhorlari,
Yolgʻonyashiq jumlalaru, farddan yiroq .
Bir baxt boʻlsa,
Boʻlinmagan,
Boʻlaklarga,
Yoʻlaklarga....
Sevgidek singigan,
Butun soʻngaklarga.
Har bomdodda aytilgan,”Bismilloh” kabi,
Nurdek botib kirsa,bu qon yuraklarga.
Bir baxt boʻlsa,
Oxiri yoʻq...
Ozori yoʻq......
Dostları ilə paylaş: