Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


o‘qishga qabul qilingan. Hozirda Boyovut tumanidagi



Yüklə 316,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix03.06.2023
ölçüsü316,41 Kb.
#124612
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
sherlar

o‘qishga qabul qilingan. Hozirda Boyovut tumanidagi 
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Ijodiy-madaniy ma-
salalar bo‘yicha targ’ibotchi lavozimida faoliyat olib 
bormoqda.
MUSTAQILLIK MUBORAK
Mustaqil O‘zbekiston,
Ozod, hur O‘zbekiston.
Dunyo ichra yagona,
Bo‘lgan tillarda doston.
Senga tol’e yor bo‘lsin,
Baxting abadiy kulsin.
Butun dunyo tan olgan,
O‘zbekiston bor bo‘lsin.
Farzandingman shu baxtim,
Iqbolim, buyuk shahdim.
Senga sodiq bo‘lolsam,
Shudir dildagi ahdim.
ISHON
Kechir,tuyg’ularing aylayman poymol,
Sadoqat­u, mehring kerakmas ishon.
Soxta tuyg’ularga sira berilmay,
Qalbim ishqsizlik­la baxtlidir har on.
Yuragim qiynagan armonli yillar,
Barchasin o‘tmishga otib bo‘lganman.
Endi hech kim qalbim etolmas nishon,
Soddalik yo‘lidan o‘tib bo‘lganman. 
Q
azaqova Sarvinoz Jahongir qizi 1997-yil 
23-noyabrda Sirdaryo viloyatida tavallud top-
gan. Guliston Davlat Universiteti talabasi. Adabiyot-
ning nazm, nasr, publitsistika yoʻnalishlarida ijod qilib 
kelmoqda. She’rlari “Hilol” va “Turk edipleri” xalqaro 
to‘plamlaridan o‘rin olgan. Boyovut tumanida tashkil 
etilgan “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagi a’zosi.
KEL
Kel! Taftish et! Nigohlarimni,
Koʻzimdagi hayratga aylan.
Iligimda koʻpirayotgan,
Intiq ishqning pinjiga joylan.
Kel! Bezabon tuygʻularimni
Tiriltirgin nafasing bilan,
Toʻzgʻib ketgan umidlarimni,
Bir joyga yigʻ,qafasing bilan.


18
19
Yuragimni aqldan ozdir,
Mudragan kechmishim uygʻonsin.
Meningdayin telbalar ozdir,
Layli muhabbatidan tonsin.
BIR BAXT BO‘LSA…
Bir baxt boʻlsa,
Oxiri yoʻq.
Ohori yoʻq.
Ozori yoʻq.
Bir chaqaga sotilar,
Ming bozori yoʻq.
Kuz daraxtin avrab,esgan shamol kabi
Xazonlar duuv toʻkilar,jon mozori yoʻq.
Bir baxt boʻlsa,
Sirdan yiroq.
Darddan yiroq.
Garddan yiroq.
Aysh­ishratga berilgan,
Huuv marddan yiroq.
Saratonda sargʻaygan dil izhorlari,
Yolgʻon­yashiq jumlalar­u, farddan yiroq .
Bir baxt boʻlsa,
Boʻlinmagan,
Boʻlaklarga,
Yoʻlaklarga....
Sevgidek singigan,
Butun soʻngaklarga.
Har bomdodda aytilgan,”Bismilloh” kabi,
Nurdek botib kirsa,bu qon yuraklarga.
Bir baxt boʻlsa,
Oxiri yoʻq...
Ozori yoʻq......

Yüklə 316,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin