XO‘ROZ EMAS XO‘ROZQAND Dadam aytdi akamga,
“Qani boraqol Sheroz.
Shu pulga qo‘shnimizdan,
Olib kel bitta xo‘roz”.
Xo‘p dediyu shoshgancha,
Chiqib ketgandi akam.
Voqeaning buyog’in,
Sizlarga ko‘ray baham.
Akam keldi, ko‘ngli chog’,
Eh, dadamga berdi pand.
Derdi: “ Bitta xo‘rozmas,
Oldim yuzta xo‘rozqand!”
M amanazarova Dilfuza Jabborovna 1972-yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Guliston Davlat Universitetining ona tili va adabiyot fakultetini tamomlagan. Hozirda tumandagi 50-umumta’lim maktabida faoliyat olib bormoqda. AYOL Bir ayolning yumushin
Qilolmaydi qirq erkak.
Agar ishga kirishsa,
Qaydan kuch olar yurak.
Erta tongdan boʻz toʻrgʻay,
Sayramasdan turadi.
Supir sidirdan boshlab ,
Oʻzi ishga kiradi.
Tongdan nonni yopadi,
Hovli, uylar top toza,
Molxonaga chopadi.
Sogʻadi sigirlarin.
Nonushtasi ham tayyor ,
Qaymoq, issiq non yaxshi.
Oʻzbeklarda udum bor,
Ertalabdan choy yaxshi.
Bolalari uxlaydi,
Orom olib xotirjam.
Rohatini oʻylamas
Ayolchi, bilmaydi dam.
ONA Nurli tong yuzlarin suvda chayadi,
Samoni chulg’aydi yangi kun sasi,
O‘zbek ayolining bir tongi otdi,
Koʻksida hayotning olov nafasi.
Dunyoga keltirgan allomalarni,
Ona boʻlib dilda orzu gullaydi.
U mushfiq onadir koʻzida olam
Charogʻon ekanin hech zot bilmaydi.
12
13
A bdujabborova Diyora Obloqul qizi 2003-yil 4-mayda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani- da tavallud topgan. Guliston Davlat Universitetining 2-bosqich talabasi. Hozirda 13-umumta’lim maktabi- da ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ’ibotchi la-