20
21
Ha, men bir telbaman,ojizdir dunyo
Bular xayol emas, afsuski ro‘yo.
Osmondan qor kabi yog’moqda sog’inch,
Har yoqqan parchasi qalbim muzlari.
Kelsangchi, agarda ko‘nglimda sevinch,
Qachon tugar axir, armon yo‘llari...
Dardimga dard qo‘shar sog’inch sharobi,
Mast qilar bu sharob dudoqlarimni.
Xayolotdan kelgan armon so‘rog’i,
Sen tomon eltadi ko‘ngil firog’i...
M
amadaliyeva Shodiyona G’anisher qizi 2008-
yil 23-yanvarda Sirdaryo viloyati Boyo-
vut tumanida tavallud topgan. Hozirda tumandagi
11-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi.
ONAM BORDIR YONIMDA
Boshda tojim, davlatim,
G’ururi tog’, savlatim.
Mening yagona baxtim,
Onam bordir yonimda.
Poyi Kabatullohim,
Duogoyim, panohim.
Umrin bersin Allohim,
Onam bordir yonimda.
Hech kimdan kam bo‘lmasman,
G’amtashvishga to‘lmasman.
Armon nima bilmasman,
Onam bordir yonimda!
BAHOR
Yana quyosh charaqlab,
Bahor keldi Vatanga.
Boychechaku lolalar
Chiroy berar chamanga.
Daraxtlar kurtak ochib,
Uyg’onadi uyqudan.
Insonlar mehnat ila,
Yiroq bo‘lar qayg’udan.
Sho‘x bulbullar xonishi,
Dilni yayratar biram.
Asli ko‘klam kelganda,
Har bir kun bo‘lar bayram.
Dostları ilə paylaş: