Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. Boyovut tumanida tashkil etilgan “Yosh journalist va notiq” to‘garagi a’zosi. O‘ZIMGA Xayolda kezadi sarkash satrlar,
Marjondek birmabir she’rga tizaman.
O‘tkazdim vaqt emas, balki asrlar,
She’r deya goh osmon, suvda suzaman.
Tugatmay yurakda yo‘qdir halovat,
Tunim sharob deya, sarob tutadi.
Tilda istig‘voru, dilda salovat.
Meni o‘rab olgan ilhom kutadi.
Qog‘ozga terilar birbir satrlar,
Qalam tutmaslikka qasam ichgandim.
Netay, daydi she’rlar ichimni yoqar,
Asli ancha avval she’rdan kechgandim.
Qo‘rqdim, besas ketar she’r uvolidan,
Qalamim o‘tkirlab maydonga chopdim.
Bemehr qalblarga satrlar otib,
Netay, bu bo‘stonda halovat topdim.
Qalamim, kelmoqda biz kutgan kunlar,
Bemehr qalblarni dorga tortgaymiz.
Halovat topgaydir beorom tunlar,
Kun kelar, biz faqat she’rla yashaymiz.
YOMGʻIR Ohista to‘kadi samo yoshini,
Chang qo‘ngan barglarni yomg‘ir yuvadi.
Qo‘l cho‘zsam, yetadi, bulutlar – mana,
Go‘yo qo‘li bilan yuzim siladi.
Tabiat o‘yini bari hisobli,
Bulutlar yig‘lasa gullar quvnaydi.
Ariqlar boladay oqadi o‘ynab,
Uyidan uzoqqa, lekin jilmaydi.
So‘ng bulut ortidan boqadi quyosh,
Dalalar, qirlarga nurin sochadi.
Daraxt shoxlarida yuz ochar gullar,
Yoshyalang ko‘zidan uyqu qochadi.
Uyg‘onish faslini boshlar tabiat,
Bobom qo‘lda ketmon, dalaga shoshar.
Shukrona aytadi elim jo‘r bo‘lib,
Va buyuk ishlarga boshlaydi hashar.
16
17
M uxammadiyeva Mohinur Abbos qizi 2002-yilning 27-noyabrida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug’ilgan. 2021-yilda Guliston Dav- lat Universitetining boshlang’ich ta’lim fakultetiga