Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


-o‘rin sohibasi. Respublika “Qizlar ovozi” klubining



Yüklə 316,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix03.06.2023
ölçüsü316,41 Kb.
#124612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
sherlar

1-o‘rin sohibasi. Respublika “Qizlar ovozi” klubining 
Sirdaryo viloyati bosh koordinatori Yosh ijodkorning 
“Sirdaryo g’unchalari”(2016), “Onajonim orzusi”(2017), 
“Quvnoq bolalar”(2018), “Boyovut g’unchalari”(2018), 
“Baxt yomg’iri”(2021), “Uchar likopcha”(2022), Suyun-
chi (2023) she’riy to‘plamlari chop etilgan. Bolalar ada-
biyoti yo‘nalishida ijod qiladi.
Hozirda tumandagi 11-umumta’lim maktabida 
ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ’ibotchi la-
vozimida faoliyat olib bormoqda.
BAXT YOMG`IRI
Yo‘lovchiman, oddiy yo‘lovchi,
Qalb yo‘lida nurli bir izman.
Sizga faqat shodlik yo‘llovchi,
Men o‘shaman, baxtiyor qizman.


8
9
Qayg’u erur­ begona tuyg’u,
Yaqinlashmas aslo dilga g’am.
Bu dunyoni quchadi mangu,
Mehrim tafti qalbda mujassam.
Yomg’ir yog’ar. Baxt yomg’iri bu,
G’uborlarni ketar oqizib.
Tomchilaydi pokiza orzu,
Ezgulikdan marjonlar tizib.
Xotirjam kez yomg’ir ostida,
Har tomchiga tutib boringni.
Ey odamzod boshga tutsang tut,
Qalbga tutma soyaboningni.
DO‘PPIDEK OSH
Kelmoqchi uyimizga,
Tushdan keyin ko‘p mehmon.
“­Yozinglar dasturxonni,
Qani bo‘ling qizlarjon!
Tayyor tursin onasi,
Mevalar­u, noz­ne’mat.
Magazindan olib kel,
Shokolad va ko‘proq qand.
Men­chi,yengim shimarib,
Qilayin do‘ppidek osh”.
Otasining so‘zlarin,
Tinglardi kichik Bektosh.
So‘z boshladi: “­Dadajon,
Ovqat qilaylik boshqa.
To‘ymaydiku qornimiz,
Axir do‘ppidek oshga!”.
OPAM YEGAN QAND SHIRIN
Kenjatoy qiz Laziza,
Erkatoy, juda tantiq.
Gohida oshib o‘tar,
Chegaradan bu qiliq.
Opasi Azizaga,
Taqlid qilib to‘ymaydi.
Qayga borsa ergashib,
O‘z holiga qo‘ymaydi.
Chetda turar o‘zining,
Qator qo‘g’irchoqlari.
Yoqarkan opasining,
Oddiy o‘yinchoqlari.
Bir kuni deng dadasi,
Tortishmangiz deb faqat.
Ikkoviga ham bir xil,
Olib keldi shokolad.
Yig’lay boshlar Laziza,
Bilmaymiz, buning sirin.
Tinmay derdi: “­Baribir,
Opam yegan qand shirin!”


10
11

Yüklə 316,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin