Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
PAT-11-22 - guruh talabasi
Dasturlash2 fanidan
MUSTAQIL ISHI 4
Bajardi: Abdirashidova Z.
Tekshirdi: Nosirov B.
Mavzu: Visual C++ muhitida dasturlash
REJA:
Visual C++ muhitida menyular va uskunalar paneli.
Komponenta tushunchasi va xususiyatlari.
Standart, Additional, System komponentalari.
Standart, Additional, System komponentalari
Ushbu mavzuda Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti, ularni yaratilish tarixi, rivojlanish bosqichlari, Yagona tilli va ko‘p Visual Studio variantlari va imkoniyatlari, .NET frameworkning imkoniyatlari, Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish, Muhitda menyular va uskunalar paneli, Form xususiyatlari va hodisalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy namunalar keltirilgan bo‘lib, nazariy bilimlarni asoslash uchun dasturlar tuzib ko‘rsatilgan. Bilimlarni mustahkamlash uchun 30 ta nazariy savol va amaliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantrish uchun 10 ta assisment topshirig‘i berilgan. Bu topshiriqlarni bajarish mavzuni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Bilish shart bo‘lgan tushunchalar. Tip tushunchasi, sinf va sinf ob’ekti, funksiya va ko‘rsatkich, kutubxona yaratish va dasturlashga oid dastlabki tushunchalar hamda C++ tilini qo‘llab quvvatlovchi muhitda ishlashni bilish lozim. Bilib olasiz. Visual C++ muhitida dasturlash, integrallashgan ishlab chiqarish muhiti, toolkit, toolbox, Integrallashgan muhitlar tarixi , Turbo muhitlar, GNU Emacs, Ob’ektga yo‘naltirilgan til, Team Foundation Server (TFS), kengaytmalarni ishlab chiqish mexanizmi (plug-ins, add-ins, add- ons), Yagona tilli va ko‘p tilli integrallashgan muhitlar, NetBeansin tegrallashgan muhiti , Java dasturlash haqida, Microsoft Visual C++, ASP texnologiyasi, Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish, Muhitda menyular va uskunalar paneli, Buyruqlar va uskunalarpaneli , MS Visual Studio muhitining interaktiv tugmalari, Form xususiyatlari va hodisalari, MessageBox sinfining show funksiyalarini o‘rganishingiz mumkin. Bugungi kunda dasturlash muhitlari va turlari ko‘payib bormoqda. Mumkin shu vaqtgacha console rejimda dasturlashni o‘rgangan bo‘lsangiz kerak. Ammo so‘ng 35 yil ichida foydalanuvchilarga oynali dasturlash muhitlarida foydalanib kelinmoqda. Bunday dasturlarni yaratish uchun dasturlashning barcha nazariy asoslariga tayanib, foydalanuvchi uchun qulay vizual dasturlash muhitlari yaratilgan. Ularda birinchi navbatda foydalanuvchining UI (user interface) yoki dasturning foydalanuvchi bilan muloqot oynasi loyihalashtiriladi. Buning uchun tayyor sinflar (komponetalar) mavjud bo‘lib, ularning xususiyatlar, funksiyalari va hodisalari bilan ishlashsh juda qulay qilib, vizual foydalanish mumkin. Vizual foydalanish degani ko‘rib turib ishlatish degan ma’noni beradi. Bu Vizual dasturlash bo‘yicha ilk ma’lumotlarni keltiramiz. Deyarli barcha dasturlash tillari uchun vizual dasturlash muhitlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |