20
Kayfiyat nega o'zgarib turadi?
Psixikaning turli-tuman buzilishlari orasida emosional patologiya
ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu avvalo emosional qo'zg'aluvchanlik
darajasiga talluqli. Garchi bu daraja har kimda har hil bo'lsada, biroq
klinikada keskin pasayib ketgan qo'zg'aluvchanlikni kuzatishimiz mumkin.
Kayfiyat buzilishlari emosional soxaning tez-tez bo'lib turadigan
buzilishlari qatoriga kiradi. Kayfiyat buzilishining 3 ta asosiy turi; disforiya,
depressiya va eyforiya tafovut qilinadi.
Disforiyada odam injiq, o'zidan va atrofidagilardan ko'ngli
to'lmaydigan, asabiylashgan bo'ladi. Bu alomatlarga tundlik, adovat va
jaxldorlik qo'shilishi mumkin.
Depressiya – doimo g'amgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunda
bemorlar boshqalarga aralashib ketolmaydi, kam gapiradi, ko'pincha ko'ziga
yosh oladi. Uning dili ma'yus, yomon fikrlar va hayollar bilan band
bo'ladi.xozirgi axvoli, o'tgan kunlari va kelajagi unga qorong'u bo'lib
tuyuladi. Depressiv kayfiyat turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruxiy
shikastlar oqibatida kelib chiqqan bo'lishi mumkin.
Ruxiy kasalliklarda bemorda ovqatdan yuz o'giradigan, o'zini qatl
qilishga urinishgacha olib boradagan, uzoq davom etadigan og'ir
depressiyalar kuzatiladi.
Eyforiya deganda biz vaqtichog'lik, beg'amlik, bir oz ko'tarinki
kayfiyatni tushunamiz, Eyforiyada odam tetik, xarakatchan, sergap, uning
imo-ishoralari jonli gapirganda qo'llari xarakatda, ovozini keragidan
balandroq qilib chiqaradi. Olam ularning ko'ziga g'oyat chiroyli, rangli
bo'yoqlarda
gavdalanadi.
Odam
xursand
bo'lganida,
muvaffaqiyat
qozonganida va shunga o'xshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaksiya
hisoblanadi. Bordi-yu, eyforiya uchun psixologik asoslar bo'lmasa yoki u
xatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bo'lsa, uni patologik holat deb
ko'zdan kechirish kerak.
Dostları ilə paylaş: