Savollar: Bine—Shtern nazariyasining xato ekanligi nimada
namoyon bo'ladi.
S. L. Rubinshteyn va G. T. Ovsepyan xulosalarining (to'g'ri ekanligini aniq misollar bilan tasdiqlang.
7-MASALA O'quvchilar kichik yoshdagi sinflardan katta yoshdagi sinflarga o'tgani sayin ulardagi kuzatuvchanlik o'zgarib boradi. Agar kichik yoshdagi o'quvchilarda bu kuzatuvchanlik u yoki bu narsa, hodisaning sirtidagi belgilarni ko'rishda namoyon bo'lsa, o'rta va kichik yoshdagi o'quvchilarda bunday kuzatuvchanlik ularning voqea-hodisalarning mohiyatini tushuntirishga, ularning yashirin, lekin g'oyat muhim belgilarini aks ettirishga harakat qilishlarida namoyon bo'ladi.
Savollar: Kuzatuvchanlikdagi bunday o'zgarish nimalar bilan izoxlanadi?
O'quvchilarning kuzatuvchanligini rivojlantirishda o'qituvchi qanday rol o'ynaydi?
8-MASALA Maktabgacha yoshdagi (4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan) bolalarga eksperiment vaqtida o'rganish uchun 15 ta so'z o'qib berildi va bolalardan o'sha so'zlarni qayta talaffuz qilib berish so'raldi.
So'ngra o'sha bolalarga ayrim narsalar tasviri ishlangan rasmlar guruhi taqdim etildi. Aytilgan har bitta so'zni (bu safar endi boshqa so'zlarni) eslab qolish hamda mazkur so'zni esda yaxshiroq saqlab qolishga yordam beradigan tegishli rasmni ko'rsatish taklif qilindi. Keyin esa rasmlar olib qo'yilib, bolalarga endi boyagi so'zlarni rasmni ko'rmay turib takrorlash taklif qilindi. To'rt yashar va yetti yashar bolalar uchun yo'riqnoma (instruktsiya) tuzib chiqing.
9-MASALA Bola — maktabgacha yoshdagilarning kattasi. Uning xulq-atvorida quyidagi omillar seziladi. Masalan, uning ovqat yegisi keladi, lekin ovqat bersangiz qo'liga oladida, uni oyoq ostiga to'kadi. Agar o'ziga ovqat yegin deb zo'rlasangiz, u ovqatni yemaydi, lekin dasturxon atrofiga boshqalar o'tirganda u ham, albatta ovqat yegisi kelib so'ray boshlaydi. Mabodo, onasi otlanib biror joyga borib kelmoqchi bo'lsa, u albatta ergashadi. Onasi: «qani otlana qol, birga ketamiz» — degan zahoti bola unga qarab: «Bormayman» — deydi. Agar shundan keyin onasi ko'cha eshikka qarab yura boshlasa, bola uning orqasidan: «Men ham boraman», — deb qichqiradi, ona orqasiga qaytgan zahoti, bola yana borishdan voz kechadi. Bunday manzara bir necha marta takrorlanishi mumkin va har safar bola albatta yig'lay boshlaydi.