Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


PAXTA TOLASIDAN NAMUNA TANLAB OLISH VA SINASH UCHUN



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
pAXTA LAB YA

PAXTA TOLASIDAN NAMUNA TANLAB OLISH VA SINASH UCHUN 

TAYYORLASH. 

Sinash uchun namunalar rangi va iflosligi bo'yicha tashqi ko'rinish namunalari 

bilan  solishtirib,  nuqtadan  olinadigan  namunalarning  bir  xilligi  aniqlangandan  so'ng 

tanlab olinadi. Agar paxta tolasining sifati nuqtalardan olingan turli namunalarda xar 




29 

 

xil  bo'lsa,  sinash  uchun  namunalar  nuqtadan  olingan  bir  xil  namunalarning  xar  bir 



guruxidan aloxida tanlab olinadi. Nuqson va iflos aralashmalarning massaviy ulushi, 

xamda  mikroneyr  ko'rsatkichi  uchun  namuna,  nuqtadan  olingan  namuna  ikki 

tarafining  xar  xil  joyidan  olingan  bir  xil  tutamdan  tashkil  topadi.  Sinash  uchun 

olingan  namunalarning  massasi  va  soni  qo'llaniladigan  sinash  usuli  bo'yicha 

belgilanadi.  Paxta  tolasining  shtapel  massa  uzunligi,  chiziqli  zichligi,  pishib 

yetilganligi  va  solishtirma  uzilish  kuchi  ko'rsatkichlarini  tekshirish  uchun  namuna, 

nuqtadan  olingan  namunalarning  ikki  tarafidan  olinadi.  Xammasi  bo'lib,  umumiy 

massasi 4-5 gr bo'lgan 16-20 tutam paxta tolasi olinadi. 

 

Olingan qismdan nuqsonlar va iflos aralashmalar olib tashlanadi va uni to'rtta 



bo'lakka  bo'ladi.  Namuna  piltasini  tayyorlash  uchun  xar  bir  bo'lak  ketma-ket  PPL  

asbobidan  o'tkazilib,  tortib  tekislanadi.  Birinchi,  ikkinchi  nav  paxta  tolalari  tortib 

tekislash  asbobi  PPL  dan  kamida  uch  marta,  uchinchi,  to'rtinchi  va  beshinchi  nav 

paxta tolalari esa kamida besh marta o'tkaziladi. So'ngra xar bir pilta kundalang teng 

ikki bo'lakga bo'linadi. Xar bir piltaning bir bo'lagidan iborat to'rtta bo'lak ikkitadan 

ustma ust qo'yiladi va tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o'tkaziladi. Piltaning  

qolgan  bo'laklari  tashlab  yuboriladi.  Yangi  olingan  ikki  pilta  xam  yana  ikkiga 

bo'linali.  Xar  bir  piltaning  bir  bo'lagidan  iborat  ikki  bo'lak  ustma  ust  qo'yilib,  yana 

tortib  tekislash  asbobi  PPL  dan  3-5  marta  o'tkaziladi.  Piltaning  qolgan  bo'laklari 

tashlab yuboriladi . PPL asbobining tortib tekislovchi valiklar orasidagi masofa paxta 

tolasining  uzunligiga  qarab,  1-  jadvalga  muvofiq  belgilanishi  kerak.  Namuna  piltasi 

tarkibida tugunchalar va kombinoasiyalashgan tugunchalar bo'lmasligi kerak. 

Paxta  tolasining  klassifikator  uzunligi,  mm_PPL  asbobining  tortib  tekislovchi 

valiklari orasidagi masofa, mm__26,1 gacha, Paxta tolasining uzunligi +3__26,2 dan 

– 32,1 gacha, Paxta tolasining uzunligi +4__32,2 va undan yuqori__Paxta tolasining 

uzunligi +5__ 

Yakuniy  pilta  tayyorlash  uchun  namuna  piltasi  bo'ylab  massasi  190  –  200  mg 

bo'lgan  qism  ajratiladi,  bu  qism  tolalarning  chigallarini  yozgan  va  tekislagan  xolda 

sinchiklab  tekshirilgan  paxta  tolalarining  yaxshi  parallellanishi  maqsadida  tortib 

tekislash asbobi PPL dan o'tkaziladi.  

Olingan  175-180  mg  massaga  ega  bo'lgan  yakuniy  piltaning  kengligi  25  mm  

dan oshmasligi kerak. 

 

- Paxta tolasini klassyor usulda va HVI sistemasida halqaro standartlar bo'yicha 



sinash uchun nuqtadan olingan namuna ishlatiladi. 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin