Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
pAXTA LAB YA

 

 


 

Kirish 

Bugungi  kunda  paxta  xom  ashyosidan  olinadigan  mahsulotlar  kundalik 

hayotimizdan tashqari sanoatning turli tarmoqlarida ham keng foydalanilmoqda. 

Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’zaning tezpisharligi, hosildorligi, 

kasalliklarga,  joyning  tuproq-iqlim  va  boshqa  noqulay  sharoitlarga  chidamliligi 

bularning  hammasi  g’o’zaning  eng  maqbul  seleksion  navlarini  tanlash  va  ularni 

oqilona joylashtirishga bog’liq. 

 Paxta  tozalash  sanoati  uchun  tola  chiqishi,  uning  chigitdan  oson  ajralishi, 

pishiqligi  kabi  ko’rsatkichlar  katta  ahamiyatga  ega.  Mazkur  korxonalarda  sifatli 

mahsulot  etishtirish  hamda  ish  unumdorligini  oshirish,  daromadni  ko’paytirish 

yuqoridagi omillarga bog’liq. 

Hozirda, mamlakatimizda tayyorlanayotgan paxta tolasini 2020 yildan boshlab 

100%  o'zimizda  qayta  ishlab  tayyor  mahsulotni  eksport  qilish  masalasi  dolzab 

hisoblanadi.  Dunyo  bozorida  tolaning  oqligi,  ifloslanish  darajasi  va  ayniqsa, 

mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan 

yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va jahon bozorida raqobat qilaolmaydi. Dag’al 

tolaning  xarid  narxi  ham  past  bo’ladi.  Paxta  tolasiga  narx  belgilashda  asosiy  va 

maqbul ko’rsatkich 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi. 

 

Shunday  ekan,  tolaning  sifatli  bo’lishi  nafaqat  seleksioner  olimlar  va 



etishtiruvchiga,  balki  uni  qayta  ishlovchi  korxonalarning  ishlarshi  to’g’ri 

tashkillashtirishiga  hamda  standart  talablariga  amal  qilishlariga  bog’liq  bo’ladi. 

Ya’ni, sifatli tola ishlab chiqarishda uning tabiiy sifat ko’rsatkichlari (uzunligi, rangi, 

qalinligi,  pishib  etilganligi  va  h.k.)  bilan  birga,  paxtani  qayta  ishlashda  to’g’ri 

texnologik jarayon o’rnatish, unda ishlatiladigan dastgohlarning texnik holati alohida 

ahamiyatga  ega.  Sifatli  ta’mirlangan,  ishchi  organlarning  harakat  rejimlari, 

texnologik  oraliq  masofalari  to’g’ri  o’rnatilib,  yaxshilab  sozlangan  dastgohlarning 

texnologiyada  ishlatilishi,  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarishga  kafolat  beradi,  deb 

aytish mumkin. 

 

To’qimachilik sanoati o’z rejasiga muvofiq muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega 



bo’lgan paxta tolasiga buyurtma beradi. O’zbekiston Respublikasi Standarti (O’zRST 

615-94) ga muvofiq topshirilgan paxtaning tolasi 9 ta (1

a

, 1


b

, 1, 2, 3 hamda  4, 5, 6, 7) 

tipga, 5 ta sanoat naviga bo’linadi. Lekin, to’qimachilik sanoatining talabi asosan 5-

tip tolaga eng ko’p bo’lib, u qariyb etishtirilgan paxtaning 60 % ni tashkil etadi. 

  

 Sanoat  talabiga  mos  tola  etishtirish  va  uni  sotishda  jahon  bozorida 



raqobatlashaoladigan  darajada  tola  sifatini  oshirish  omillari  to’g’risida  etishib 

chiquvchi mutaxassislarining bilimini mustahkamlash uchun ushbu uslubiy ko'rsatma  

asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi. 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin