1.Paxta bo’lakchalarini (navini) organoleptik usulda baholash bo’yicha chigitli
paxtaning navini aniqlashni (turli navga xos g’o’za navlari bo’yicha) bajaring.
O`zlashtirish uchun savollar.
19
6-mavzu. Paxta qabul qilish punktlariga topshirilayotgan chigitli paxtaning
kondision (toza) haq to’lanadigan og’irligini aniqlash (2-soat)
Darsning maqsadi: fermer xo’jaliklari tomonidan paxta qabul qilish
punkitlariga topshirilayotgan chigitli paxtaning kondision (toza) haq to’lanadigan
og’irligini aniqlash. Ishni bajarish uchun bugungi kunda amalda bo’lgan Davlat
standartini o’rganish.
Yil bo’yi qilinadigan katta mehnat evaziga etishtirilgan paxta hosilini o’z
vaqtida terib davlatga yuqori sanoat navlariga topshirish juda katta ahamiyatga ega.
Chunki xo’jalik xodimlarining oladigan yillik daromadlari aynan shu ko’rsatkichga
bog’liq. 1996 yildan boshlab topshirilayotgan paxta hosiliga haq to’lash O’ZRST
615-94 “Paxta” Texnik shartlar qo’llanmasi (instruksiya) bo’yicha bajariladi.
Bu qo’llanma bo’yicha topshirilayotgan paxta seleksion va sanoat navi, terim
turi (qo’lda yoki mashinada), iflosligi, namligi, tashqi ko’rinishi, tolasining etilganlik
darajasi va boshqa belgilarini hisobga olgan holda alohida-alo’hida qabul qilinadi.
Topshirilayotgan paxta tashqi ko’rinishiga va tolasining etilganligiga qarab 5 ta
sanoat naviga ajratiladi va qabul qilinadi. Sanoat navi ko’rsatkichi Rim raqami (I, II,
III, IV, V) bilan yoziladi.
Qo’lda, mashinada, ko’rak holida terilib dalada (ko’sak chuvish mashinasi
UPX-1,5) da tozalangan bo’lsa, bunday paxtalar qo’l terimi paxtasi sifatida qabul
qilinadi. Paxta qabul qilish zavodlarida va punktlaridan olingan namunalar bo’yicha
laboratoriyada namligi va iflosligi aniqlanadi. Paxta konditsion (toza) haq
to’lanadigan og’irlikka keltiriladi.
Bunda quyidagi jadvaldan foydalaniladi.
6-jadval
Dostları ilə paylaş: