Ingichka tolali paxta chigitining qoldiq tolaligini aniqlash - bunday paxta
navlari chigiti tuksiz va chala tuksiz bo’lganligi uchun uning chigitida faqat birikkan
tolalar bo’lib, ozod-birikkan tolalar bo’lmaydi.
Chigitda qoldiq tola miqdoriga qarab jinlarning ishi tekshiriladi. Chigitning
qoldiq tolaligi standart talabida belgilangan normadan oshmasligi kerak. Standart
talabi bo’yicha agar chigit arrali jindan chiqqan bo’lsa, unda 200 dona chigitdagi
birikkan tolalarning miqdori, gr hisobida: o’rta tolali navlar uchun
I - nav paxtada 0,10-0,11 gacha.
II - nav paxtada 0,11-0,12 gacha
III - nav paxtada 0,12-0,14 gacha
IV - nav paxtada 0,14-0,17 gacha va
V - nav paxtada bundan kam ko’rsatkichda bo’lishi kerak.
Xuddi shu tartibda ingichka tolali navlar uchun ham quyidagi ko’rinishda
bo’ladi:
I - nav paxtada 0,13-0,15 gacha
II - nav paxtada 0,16-0,19 gacha
III - nav paxtada 0,22-0,25 gacha
IV - nav paxtada 0,23-0,27 gacha va
23
V - nav paxtada bundan kam ko’rsatkichda bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |