Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
pAXTA LAB YA

Bir nuqtadan olingan namuna - ayni bir paytda uyumning bir joyidan olingan 

namunaga aytiladi. 



Umumlashtirilgan  namuna  - nuqtadan  olingan namunalar seriyasidan  tashkil 

topgan namunalar hisoblanadi. 



O’rtacha  kunlik  namuna  -  bir  qancha  birlashtirilgan  namunalardan  iborat 

bo’lgan namunalar turkumiga aytiladi.  

Har  bir  xo’jalikdan  bir  kun  davomida  olingan  namunalar  to’plami 

umumlashgan namunalar hisoblanadi. 

Chigitli  paxtani  nuqtali  namunasining  namligi  va  iflosligi  bo’yicha  asbobiy 

tajriba  uchun  qopqog’i  zich  yopiladigan  kichkina  idishga  joylashtiriladi.  Idishga 

paxta topshirgan xo’jalik nomi, idish ichiga esa ma’lumotnoma (unda to’plam tartibi 

(partiyasi),  terim  turi,  sanoat  navi,  seleksion  navi,  terilgan  sana)  yozib  qo’yiladi. 

Mayda idishlarga joylab olingan chigitli paxtaning namunalari 6-8 kg hajmidagi katta 

idishlarga solinadi (katta idishning taxminiy o’lchami: bo’yi 0,7 m va eni (diametri) 

0,4 m). 

Katta idishga paxta topshirgan xo’jalik nomi, bo’lim yoki brigada, seleksion va 

sanoat navi, terim turi, uyum tartibi yorliq (etiketka) ga yozib qo’yiladi.  

Masalan: 

 

 

 



 


 

      Uyum № 9                                                    Uyum № 6 



Oqdaryo tumani                                            Oqdaryo tumani 

“Mustaqillik” j/x                                            “Mustaqillik” j/x 

Oqdaryo-6 navi                                              Buxoro-6 navi 

Qo’l terimi –I/1 navi                                      Qo’l terimi –I/2 navi 

Urug’lik paxta-R

1                                                                  

05.10.2016 yil                                                                           

25.09.2016 yil 

 

Katta  idishlar  qizdiruvchi  asboblardan  uzoqlikda  maxsus  ajratilgan  joylarda 



yoki laboratoriyalarda joylashtiriladi. 

Og’irligi 3-4 kg dan kam bo’lmagan o’rtacha kunlik namuna qabul qilish kuni 

bo’yicha yig’iladi, u bo’yicha bir kunda bir marotaba namunaning namligi va iflosligi 

har  bir  xo’jalik  jamlangan  uyumlar  qirqimidagi  bo’lim  yoki  brigada  uchun 

laboratoriya tahlillari o’tkaziladi. 

Namunalarni  bunday  tahlildan  o’tkazish  terimning  turiga  seleksion  va  sanoat 

navlariga  va  boshqa  belgilariga  qarab  aniqlanadi.  Bu  namuna  paxtaning  namligini 

nazorat qilish zarur bo’lganda foydalanish uchun bir sutka mobaynida saqlab turiladi. 

Namunalarni  namlik  va  iflosligini  bilish  maqsadida  analiz  olishda  (ajratish, 

aralashtirish va boshqalar) hamda og’irligini tortishni iloji boricha tahlildan oldin va 

keyin iloji boricha o’tkazilishi kerak. 

Taftish  nazorat  qilishda  hamma  holatda  birinchi  ko’rsatkichdan  (nisbat) 

prosentlar quyidagi farqlar bo’lishiga ruxsat etilad: 

Ifloslanishi bo’yicha - 10 % namuna bir qaytarilishda, namligi 5 % namuna esa 

uch qaytarilishda. 

Agar  namunaning  birinchi  va  taftish  nazorat  qilish  natijalari  bo’yicha  olingan 

ko’rsatkich farqlanish mana shu yuqorida ko’rsatilgan chegaradan baland bo’lmasa, 

unda birlamchi tahlil to’g’ri deb topiladi. 

Munozara,  baxs  va  baholash  paytida  sifatga  bo’lgan  va  paxtani  topshiruvchi 

ishtirokida paxta punktining klassifikatori hamma navlar uchun har 2 tonna paxtaning 

uchta joyidan nuqtali namuna oladi. Hamma olingan namunaning umumiy og’irligi 1 

kg dan kam bo’lmasligi kerak. 

Har  bir  katta  idishga  o’rtacha  kun  bo’yicha  olingan  namunalarga  sifatlarga 

ajratuvchi kishi shakl № 2-XL bo’yicha paxtani tahlil qilish natijalari ma’lumotlarini 

yozib  qo’yadi.  Bu  ma’lumotga  namuna  olgan  sinfga  ajratuvchi  kishi  va  xo’jalik 

paxtasini topshiruvchi kishi imzo qo’yadi. 

Klassifikator  paxtani  navi,  namligi  va  iflosligini  aniqlab,  natijalarini  shakl  № 

2-XL ma’lumotnomasi va laboratoriya jurnaliga yozib boradi va qo’l qo’yadi.  

Ma’lumotnomaning  yuza  tomoniga  sinfga  ajratuvchi  kishi  va  topshiruvchi 

imzo qo’yadi, orqa tomoniga namuna olgan klassifikator va katta klassifikator hamda 




 

laboratori mudiri imzo qo’yishadi. 



Ma’lumotnoma to’ldirilgandan keyin uni hisobchiga yuboradi. 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin