Laboratoriyada ifloslikni aniqlashda olinadigan namunalar.:
LKM asbobi uchun o’rtacha kunlik namuna yoki bir vaqtning o’zida
umumlashtirilgan namunadan 3ta. 300 gr. dan (bittasi extiyot uchun). Har bir
topshirilayotgan paxta partiyasidan LKM asbobi uchun 1 ta 300 gr dan. Qo’lda
ifloslikni aniqlash uchun esa 1 ta 100 gr dan. Labaratoriyada tortiladigan
namunalarning og’irligi 0.1 gr aniqlikdan ko’p bo’lmasligi kerak.
PAXTA IFLOSLIGINI ANIQLASh.
Paxtaning iflosligini O’zRST 592-92 da ko’rsatilgan usullar asosida LKM,
LKM-12, 2 L-12 qurilmasida aniqlaniladi.
Agarda ikkala o’rtacha namunaning ifloslik darajasi ko’rsatkichlari orasidagi
farq 10 % gacha bo’lgan paxta uchun 0,6 % dan ortiq bo’lmasa paxtaning haqiqiy
iflosligini topish uchun shu ko’rsatilgan chegaradan yuqori bo’lsa extiyot uchun
belgilangan 3 chi namunani ham tekshirib, uchala ko’rsatkichning qiymati aniqlanadi.
Paxta gommoz bilan kasallanganda tolaning sifati pasayib ketadi. Gommoz
bilan kasallangan tola sarg’ayadi, bir - biriga va chanoqqa yopishib qoladi. Gommoz
bilan kasallangan chigitli paxta miqdorini aniqlashda labaratoriyaga keltirilgan
namunadan 500 gr ajratib olinib, gommoz bilan kasallangan paxta qo’lda terilgan
bo’lsa uning ichidan paxta pallalari, mashinada terilgan bo’lsa kasallangan
letuchkalar ajratib olinadi va tarozida tortilib kasallangan paxtaning % da ifodalangan
miqdori aniqlaniladi.
Dostları ilə paylaş: |