Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
pAXTA LAB YA

O`zlashtirish uchun savollar. 

1. G'aramlarda saqlanayotgan chigitli paxtaning namligi necha foiz bo'lishi kerak? 

2. Chigitli paxtada namlik necha foiz bo'lganda sifatli xom-ashyo olinadi? 

3. Me'yoridan  ortiqcha  namlik  chigitli  paxtaning  qaysi  sifat  ko'rsatkichlariga  salbiy 

ta'sir ko'rsatadi? 

4. Ingichka  va  o'rta  tolali  paxa  navlarining  namligi  standart  talabi  bo'yicha  necha 

foizdan oshmasligi kerak? 

 

 



4-mavzu. Chigitli paxtaning iflosligini aniqlash (2-soat) 

 

 

Darsning  maqsadi:  talabalarga  chigitli  paxtada  uchraydigan  organik  va 

mineral  islosliklarni  aniqlashni  boshlang’ich  massasiga  nisbatan  foiz  hisobida 

aniqlashni o'rgatish va ko'nikma xosil qilish. 

 

1. Mashg'ulotni uyushtirish. 



 

2. Mashg'ulot o’tkazish joyi 

Mashg’ulot o’quv xonasida va maxsus qo’shimcha xonada o’tkaziladi. 

 

3. Qo’lda va mashinada terilgan paxta manba bo’lib xizmat qiladi. 



 

4.  Mashg’ulot  uchun  kerakli  narsalar  va  ko’rgazmali  qurollar,  namlik  va 

ifloslik me’yorlar ko’rsatilgan jadval, texnik tarozi, ogirlik toshlari, EHM, plastmassa 

idishlar 30 kishiga -15 ta katta, 15 ta kichik, 15 ta pinsent, LKM-2 qurulmasi, SXL-3 

labarotoriya qurutgichi, namuna tashish bankalari. 

 

5.  Talabalarning  mustaqil  ish  o’tkazish  chegarasi.  Talabalar  mashg’ulot  



mazmuni bilan tanishib, o’zlari paxtani iflosligini aniqlaydilar. 

 

6. Talabalar to’liq hisobot tuzadilar va JB nazorat topshiradilar. 



 

7. Tavsiya  etilgan adabiyotlar. O’zbekiston  Respublikasi Davlat standarti      

O’zRST 615-94 «Paxta». Texnik sharoitlar O’zRST-592-92.                           

 

Paxta xom ashyosiga turli xil mineral va organik jismlarning qo’shilishi uning 



iflosligini belgilaydi va ularning miqdori uning boshlang’ich massasiga nisbatan foiz 

hisobida  aniqlanadi.  Mineral  iflosliklarga  tuproq,  toshchalar,  qum  va  toshchalar 

kiradi. Organik  iflosliklarga  barg  bo’lakchalari, guli, chanoqlari, poyasi, shoxlari  va 

sanoat ahmiyatiga ega bo’lmagan tolalar kiradi. 

 

Mashinada  terilgan  paxta,  qo’lda  terilgan  paxta  uchun  O’zRST  615-94  larda 



ifloslikning  hisoblash  va  chegaralangan  (ruxsat  etilgan  me’yorlari)  ko’rsatilgan

Laboratoriyada  ifloslikni  aniqlash  uchun  namunani  tanlashda  umumlashtirilgan  

namuna  oynalik yoki usti  yaltiroq qatlamli ish stolida yaxshilab aralashtirilib, chang 



12 

 

yoki  mayda  iflosliklarning  yo’qolmasligiga  e’tibor  berish  kerak.  Namuna  bir  xil 



qalinlikda  to’g’ri  to’rt  burchak  shaklida  yoyilib,  dioganaliga  teng  to’rt  qismga 

bo’lamiz.  Ikki  qarama-qarshi  tomon  va  ulardan  tushib  qolgan  iflosliklarini  ham 

qo’shib  tashlab  yuboramiz.  Qolgan  namunani    yana  stolga  teng  qalinlikda  yoyib 

qo’yib  yuqoridagi  takrorlanadi.  Qachonki  bunday  bo’linish  umumlashtirilgan 

namunani miqdori 1 kg miqdori qolguncha davom etadi. 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin