Annotatsiya (lotinchadan annotatio — mulohaza) yoki rezyume, qisqa xulosa (frantsuzchadan resume — «qisqa, qisqartirilgan») — kitob yoki biror bir asarning qiskacha mazmuni. Shuningdek annotatsiya — nashr (qulyozma. monografiya, maqola yoki kitob)ning qisqacha tavsifi bo’lishi ham mumkin. Annotatsiya asarning nashr etilgan vaqti va joyini, nominativ formasini, O’ziga xos ajralib turadigan jixatlari tasvirlaydi.
Annotatsiya kitob yoki maqolaning asosiy mavzusini o’z ichiga oladi.
Annotatsiya odatda ilmiy jurnallar, kitoblar boshida muallif va sarlavhadan keyin uchraydi.
Ingliz tilidagi adabiyotlarda annotatsiya ko’proq, «Abstract» nomi bilan uchraydi.
Aynan dars ishlanma annotatsiyasida quyidagilar bo’lishi mumkin:
darsning asosiy maqsadi;
qaysi sinf uchun mo’ljallangan;
dars ishlanmasi nechta o’quvchiga mo’ljallangan:
mavzuning qisqacha tavsifi:
o’quvchilar qanday yangi bilim va ko’nikmalarni egallashadi:
darsda qanday metodlar foydalanilgan va boshqa ma'lumotlar.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.
Annotasiya turlari Mazmuni va maqsadli vazifasi bo’yicha:
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi)
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi)
Mazmunni to’liq qamrab olishi bo’yicha:
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)