6-ilova
Nazorat savoll
5-ilova
O’quv topshiriq
«Choʻlpon» nashriyoti qachon tashkil topgan?
«Choʻlpon» nashriyoti bilan «Ijod dunyosi» nashriyot uyi nechanchi yilda birlashtirilgan?
"Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi qachon tashkil etilgan?
6-ilova
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari
№
|
Savollarga javob beradi va misol keltiradi.
5
|
Savollarga javob beradi,misollar keltirmaydi
4
|
Savollarga qisman javob beradi
3
|
Umuman ishtirok etmaydi
2
|
Jami
5
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
7-ilova
Tezkor so’rov savollari
1. "Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Bosmaxonasida nechanchi yildan zamonaviy rangli gazlarni chop etish sexi ishga tushirildi.
2. «Ijod dunyosi» nashriyot uyi qachon tashkil qilingan?
3. Choʻlpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyining asosiy vazifasi nimalardan iborat.
8-ilova
Kelgusi mashg’ulot mavzusi: Axborot-bibliogfiya resurslari haqida umumiy tushuncha
Uyga vazifa:
Mavzu taqdimot tayyorlash.
19-mavzu: “O‘zbekiston” va “Cho‘lpon” nashriyoti tomonidan nashr etilgan adabiyotlarga bibliografik sharh
Reja:
1. “O’zbеkiston” nashriyoti tomonidan nashr etilgan adabiyotlarga bibliografik sharh haqida tushuncha.
2. “Cho’lpon” nashriyoti tomonidan chop etilgan adabiyotlarga bibliografik sharh
3. Bibliografik sharh tayyprlash va o’qituvchiga taqdim etish.
"Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi — Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tizimidagi muassasa. 1925-yilda Oʻrta Osiyo Davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (Oʻzdavnashr) nomi bilan tashkil etilgan. Respublikada 30-yillarning 2-yarmiga qadar barcha turdagi adabiyotlar Oʻzdavnashrda chop qilingan. Ikkinchi jahon urushi yillari respublikadagi mustaqil nashriyotlar Oʻzdavnashrga birlashtirilgan, matbaa korxonalari, kitob savdosi ishlari ham uning ixtiyoriga berilgan. Oʻzdavnashr boʻlimlari negizida "Oʻqituvchi" (1949), Davlat badiiy adabiyot nashriyoti (1957), "Meditsina" (1958), "Yosh gvardiya" (1960) nashriyotlari tashkil etilgan. 1964-yildan Oʻzdavnashr "Oʻzbekiston" nashriyoti deb atala boshlagan. 2004-yilda "Oʻzbekiston", "Mehnat", "Oʻzblanknashr" nashriyotlari, Toshkent matbaa k-ti birlashtirilib, "Oʻ."n.m.i.u.ga aylantirildi. Uning tarkibiga bolalar nashrlari: "Gulxan", "Gʻuncha" jur.lari, "Tong yulduzi", "Klass!" gaz. lari, "Sogʻlom avlod", "Zerkalo XXI veka" gaz. lari tahririyatlari kiritildi (nashriyot tarixi haqida yana q. Noshirlik). "Oʻ" n.m.i.u. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Respublika hukumati qarorlarini va boshqalar rasmiy materiallarni, turli meʼyoriy hujjatlarni nashrga tayyorlab, chop etadi. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, yuridik adabiyotlarni, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar, oʻquv va metodik qoʻllanmalar hamda boshqa adabiyotlarni nashr qiladi. Taʼlim oʻzbek, rus, tojik, turkman, qirgʻiz va qozoq tillarida olib boriladigan umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar chiqaradi. Oʻzbek, qardosh va xorijiy tillarda ilmiyommabop, badiiy adabiyotlar, maʼlumotnomalar, lugʻatlar, tasviriy sanʼat mahsulotlari, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, kalendarlar, plakatlar, koʻrgazmali qurollar, gazetajurnallar, shuningdek, xalq isteʼmoli mollari bosma mahsulotlari, idora hujjatlari, sinf jurnallari, dasturlar, turli ish qogʻozlari (blanklar) ni ham chop etadi.
Soʻnggi yillarda "Oʻ." n.m.i.u. Respublika Prezidenti I. Karimov asarlarining 12 jildini (oʻzbek va rus tillarida), oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Yo. Toʻraqulovning "Bioximiya", T.A.Sarimsoqovning "Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi", 3. Salimovning "Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari"ning 1 va 2 jiddlari, M.Salohiddinovning "Matematik fizika tenglamalari", N.A.Parpiyevning "Anorganik kimyo", T. Joʻrayev va boshqalarning "Oliy matematika asoslari" kabi fundamental darsliklarni, bank tizimi faoliyati bilan bogʻliq koʻp jildli meʼyoriy hujjatlar toʻplamlarini nashr etdi. "O’zbekiston" nashriyot matbaa ijodiy uyi aholiga, tashkilot hamda muassasalarga noshirlikmatbaa xizmatini koʻrsatadi.
Bosmaxonasida 2003-yilda zamonaviy rangli gaz.larni chop etish sexi ishga tushirildi. Hozirgi kunda (2005) bu sexda 20 dan ortiq gaz. va jur. chop etilmoqda. Ularning bir gallik tiraji 500 ming nusxani tashkil etadi.
Choʻlpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi — Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. 2004-y. iyunda «Choʻlpon» nashriyoti (1986-y. dan faoliyat koʻrsatgan), «Ijod dunyosi» (2000-y. dan faoliyat koʻrsatgan) nashriyot uyi hamda bosmaxona birlashtirilib, ularning vorisi sifatida Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi tashkil etilgan. Asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat: bolalar va oʻsmirlar uchun turli badiiyadabiy, sanʼat asarlari, ilmiyommabop, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar nashr etish; yoshlarni mumtoz va hoz. zamon oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti va sanʼati durdonalari bilan tanishtirish; oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi, umumtaʼlim maktablari uchun darslik va oʻquvuslubiy qoʻllanmalar chop etish.
Mustaqil respublikamiz yosh avlodini milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiq holda barkamol inson qilib tarbiyalashga hissa qoʻshish Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi 2004-y. da 212 nomda 3200 ming nusxada kitob nashr etdi.
Nazorat savollari
«Choʻlpon» nashriyoti qachon tashkil topgan?
«Choʻlpon» nashriyoti bilan «Ijod dunyosi» nashriyot uyi nechanchi yilda birlashtirilgan?
"Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi qachon tashkil etilgan?
1. "Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Bosmaxonasida nechanchi yildan zamonaviy rangli gazlarni chop etish sexi ishga tushirildi.
2. «Ijod dunyosi» nashriyot uyi qachon tashkil qilingan?
3. Choʻlpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyining asosiy vazifasi nimalardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Bibliografovedenie. Uchebnik dlya srednix professional’nыx uchebnыx zavedeniy. Sankt Peterburg, 2005- 288 s.
2.Kutubxona-bibliografiik klassifikatsiyasi:Ommaviy kutubxonalar uchun jadvallar. 9-tuzatilgan, to‘ldirilgan nashri uchun ma’sullar.Kattaxo‘jaeva I.E.Azimov, M.T.Zoxidova M.-.-T.: Istiqlol,2003.-504 b.
Dostları ilə paylaş: |