Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Kutubxonabibliografiya resurslari — kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat.
8-ilova Nazorat savollari Elektron lug'atlar, ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar nimadan iborat?
Axborot-bibliografiya resurslari qanday bo’ladi?
Axborot resurslari vazifasi nimalardan iborat?
Kutubxona bibliografiya resurslari nima?
10–ilova.
Kelgusi mashg’ulot : O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lishi
Uyga vazifa:Mavzu bo’yicha test savollari tuzib kelish.
25-mavzu: Elеktron axborot rеsurslari bilan ishlash Reja: Axborot rеsurslarining elеktron shakllari.
Elеktron axborot rеsurslari bilan ishlash, axborotlarni qidirish.
Elektron lug'atlar, ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar.
Oxirgi paytda kutubxonalar, muzeylar, arxivlar, axborot markazlari fondiga turli xil ko‘rinishlarda, CD-ROM va disketlarda, boshqa axborot tashuvchi materiallarda elektron baza, ma’lumotlar banki olina boshlandi. Ma’lumotlar bazasi — axborotni avtomatlashgan ko‘rinishda olishga, qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinada o‘qish uchun moslashtirilgan va qo‘yilgan maqsadga xizmat qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi. Ma’lumotlar banki—axborotni qidirish, saqlash, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat avtomatlashgan axborot tizimi. Amaliyotda turli xil ma’lumotlar bazasi qo‘llaniladi, ular: hujjatli—bunda bibliografik yozuvlar, axborot matni beriladi; bibliografik — faqat bibliografik tavsif yozuvlaridan iborat; referativ —bunda axborot bibliografik ma’lumotlar, referat va annotatsiya ko‘rinishida beriladi; to‘la matnli—axborot hujjatning to‘la matnini yoki ma’lum bir qismini yoritish bilan beriladi; tabiiy matnli—axborot jonli tabiiy tilda boshqa yozuvlar, parchalar bilan bog‘liq holda beriladi; birinchi darajali hujjatlar bazasi yoki faktografik—olingan sohaga oid axborotlarning ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasida eng muhim narsa maqsadli dasturiy ta’minot va doimiy yangilab borishdan iborat.
Kitob palatalari davlat bibliografiyasining to‘la ma’lumotlar banki yaratilmoqda. Unda adabiyotlar haqida to‘la bibliografik axborot belgilangan qoidaga ko‘ra to‘plab borilmoqda. Respublikamizda ham nashr etilayotgan adabiyotlarning hamma turlari, shakllari an’anaviy solnomalar elektron ko‘rinishda tayyorlab borilmoqda. Ko‘pgina kutubxonalar esa adabiyotlarning to‘la matnini yig‘ib, saqlash ishlarini boshladi, unda Davlat qonunlari, me’yoriy hujjatlar, badiiy asarlar, maxsus adabiyotlar, oliy o‘quv yurti kutubxonalarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarining matnlari, ilmiy maqolalari, ilmiy to‘plam materiallari, avtoreferatlar, talabalarning bitiruv-malakaviy ishlari, predmetlar yuzasidan dasturlarning matnlarini to‘plash ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda axborot rеsurslari, axborotlashtirilgan jamiyatning asosi hisoblanadi. Jamiyat axborotlashtirish yo‘nalishida ilgari odimlashi bilan, uning axborot rеsurslari ham rivojlanib, takomillashib boradi. Axborot rеsurslari jamiyatning milliy boyligi bo‘lib jamiyatning rivojlanish salohiyati va mavqеini bеlgilab bеradi. Axborot rеsurslari qanchalik aniq va to‘la ravishda ro‘yxatga olinsa, ulardan foydalanish shunchalik samarali bo‘ladi.
Dunyodagi boshqa mamlakatlar singari O‘zbеkistonda ham axborot rеsurslarini shakllantirish va rivojlantirishga katta e’tibor bеrilmoqda. Jumladan, o‘tgan vaqt mobaynida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risda”gi 256-sonli, 2006 yil 2 fеvraldagi “Davlat axborot rеsurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 27-sonli hamda 2007 yil 16 fеvraldagi “Davlat axborot rеsurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 34-sonli qarorlari qabul qilindi.
O‘zbеkiston Rеspublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonunida axborot rеsursi tushunchasiga quyidagicha ta’rif bеrilgan. Axborot rеsursi — axborot tizimi tarkibidagi elеktron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. Davlat axborot rеsurslari (DAR) davlat organlarining axborot rеsurslaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjеti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot rеsurslaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot rеsurslaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslarning bеlgilagan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan shakllanadi
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.