Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə17/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Bibliografik tavsif — belgilangan ma’lum bir qoidaga ko‘ra nashr haqidagi umumiy va xususiy ma’lumotlarni aks ettirish maqsadida, ma’lum bir ketma-ketlikda bir qancha bibliografik elementlardan tashkil topgan tavsif sohalari yig‘indisi. Bu tavsifdan muallif, sarlavha, unga taalluqli ma’lumotlar, mazmuni, ahamiyati va maqsadi, nashr turi, hajmi va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot olish mumkin.




Monografik tavsif — bir asar tafsivi bo‘lib, u vazifasi yoki mazmuniga ko‘ra bir xillikni tashkil etuvchi bir yoki bir necha elementdan iborat tuzilma (masalan, chiqish ma’lumotlari sohasida nashr joyi, nashriyot yoki bosmaxona nomi, nashr yili) beriladi. Elementlar majburiy yoki fakultativ (yordamchi)ga ajratiladi. Òo‘liq tavsif o‘zida hamma majburiy va fakultativ elementlarni aks ettirsa, qisqa tavsif faqat majburiy elementlarni aks ettiradi.


5-ilova
Nazorat savollari

  1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi.

  2. Bibliografik qo‘llanmalar qanday tayyorlanadi?

  3. Bibliografik yozuv qanday yozuv?

  4. Bibliografik faoliyat qanday amalga oshiriladi?



Ko’rsatkichlar

5

4

3

2

Jami
5

Nazorat savollaridagi faolliklari.

Faol ishtiroki

Nofaol

Qisman

Umuman ishtirok etmadi
































































































6-ilova
Kelgusi mashg’ulot mavzusi: Analitik tavsifni tuzish.
Uyga vazifa: mavzu yuzasidan taqdimot yaratish.

2-mavzu: Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi. Bibliografik yozuv va bibliografik faoliyat
Reja:

  1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi

  2. Bibliografik qo‘llanmalar

  3. Bibliografik yozuv

Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi
Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni o‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik kirish, matn ichi ro‘yxatlari, mashhur mualliflar asarlarining ro‘yxati, kutubxona kataloglari, bibliografik ro‘yxatlar.
Bibliografik kirish — matn boshidagi muallif ism-sharifi, sarlavha, kitobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so‘ngidagi yozuvlar haqida ma’lumot. Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi“ didaktik, hikoya va qo‘shiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgorliklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum bir tartibda berilgan — asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot, ba’zan qo‘shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo‘lsa, ular haqidagi ma’lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma’lumot berilgan.

Bibliografik axborot — asar haqidagi ma’lumotdir. Axborotning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi. Asosiysi, bibliografik axborot — tushunish va foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatning yoki alohida iste’molchilarning turli xil axborotga bo‘lgan talablarini qondirishdan iborat.

Axborot — lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki xabar beradi.
Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko‘ra murakkab an’anaviy bosma shakldagi bibliografik qo‘llanmalar va, shuningdek, elektron shakldagi ma’lumotlar bazasigacha.

Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin