Bibliografik axborot — asar haqidagi ma’lumotdir. Axborotning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi. Asosiysi, bibliografik axborot — tushunish va foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatning yoki alohida iste’molchilarning turli xil axborotga bo‘lgan talablarini qondirishdan iborat.
Axborot — lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki xabar beradi.
Bibliografik yozuv — bibliografik axborot elementi va bibliografik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy ma’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funksiyaga, aniq axborot berishga mo‘ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil bibliografik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Shuning o‘zi uning turlitumanligini va xususiyatini ko‘rsatadi. Xususan, an’anaviy va elektron kataloglarda qo‘llaniladigan bibliografik yozuvlarda, albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko‘rsatiladi.
Bibliografik qo‘llanmalar — minglab bibliografik yozuvlarning ma’lum bir tartibda bir joyga to‘plangan shakli, fikrlarning umumiyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan hujjatlarning mazmuniga ko‘ra turli xil usulda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda an’anaviy bibliografik qo‘llanmalardan tashqari elektron ko‘rinishdagi bibliografik qo‘llanmalar ham yaratilmoqda.
Tafsiv boshi — bibliografik yozuv elementi bo‘lib, bibliografik tavsif boshida joylashadi va bibliografik qidirishning asosini tashkil etadi. Qo‘llaniladigan tavsif boshi hujjat yoki uning qismi haqidagi ma’lumot xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi: