Mashg`ulot yakuni 1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifa beradi: 2.Kelgusi mashg’ulot “Mejov tomonidan “Turkiston to‘plami”ni yaratilishi” mavzusi bilan tanishtirib, uyga vazifa beradi. ( 10-ilova).
2-ilova O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash va ko’rsatkichlar
T/R
Mezonlar
Baho
1.
Olgan bilimlarni ishlab chiqarishdan qo’llay oladigan ,ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan ,har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan.
5
2.
O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan ,olgan bilimlarni amaliyotda qo’’laydigan ,mustaqil fikrlay oladigan ,olgan bilimlarni tushuntirib bera oladigan.
4
3.
Darslarda 95 % gacha qatnashgan ,ma’ruza matnini yozgan,o’quv qurollari to’liq bo’lgan adabiyotlardan foydalanishni bilgan.
3
4.
Ta’lim standartilarida belgilangan bilim,ko’nikmalarni 55 % dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar.
2
3-ilova
4-ilova Guruhlarda ishlash qoidasi
Sheringizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting,berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa,albatta murojat qiling.
Agar sizdan yordam so’rashsa albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim:
*Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz!
*Biz bitta kemadamiz:yoki birgalikda suzib chiqamiz yoki birgalikda cho’kib ketamiz.
5-ilova O’quv topshiriq 1. XVIII asrning oxiri XIX asr boshlarida yashab ijod etgan tasavvufshunos olim Abdulaziz Majzub Namangoniy qanday janrda ijod qilgan? 2. Badaxshiyning „Ixvon ul-majolis“ („Majlislardagi birodarlar“)? Asarining muallifi kim? 3. „Tazkiraye Nozim“ („Nozim tazkirasi“) asari nechanchi yilda yozilgan?