1. Hududiy belgisiga ko‘ra: shu davlat egallagan hududda nashr etilgan yoki uning fuqarolari tomonidan, qayerda yashashi-95dan qat’i nazar, nashr etilgan asarlar; (hozir qayerda yashashidan qat’i nazar) shu hududda tugkilgan va yashayotgan mualliflarning asarlari; boshqa hududda shu mamlakat uchun nashr etilgan hujjatlar;
2. Til belgisiga ko‘ra:qayerda nashr etilishidan qat’i nazar,shu xalq tilida nashr etilgan hujjatlar; qayerda yashashidan qat’I nazar, shu xalq vakillari — mualliflar yaratgan adabiyotlar;
3. Etnik belgisiga ko‘ra: qayerda tug‘ilgani va yashashidan qat’i nazar, shu xalq vakillari nashr etgan asarlar; qayerda tug‘ilgani va yashashidan qat’i nazar, shu xalqqa mansub mualliflar;
4. Xalqchillik belgisiga ko‘ra:qayerda nashr etilganidan qat’I nazar, shu xalq haqidagi hujjatlar; qaysi xalq vakili yozishidan qat’i nazar, xalq haqida yaratilgan asarlar.
Demak, milliy bibliografiyaga tanlangan, xalqqa mansub mualliflar va asarlar olinadi. Davlat bibliografiyasi uchun davlat haqidagi emas, balki aynan shu davlat hududida nashr etilgan asarlar olinadi, chunki ba’zi xalqlar o ‘z davlatiga ega emas. Davlat bibliografik axboroti boshqa turdagi bibliografik faoliyat rivojiga ta ’sir ko‘rsatadi. Axborot olamida axborotlashtirish muhim belgi b o iib qoldi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlari bilan belgilanadi va jamiyatning axborot bibliografiya tuzilmasida bibliografiyaning o‘rni va rolining yangicha tushunchasiga sabab bo‘ladi. Bu axborotlashgan faoliyatga asoslangan dunyo axborot bozorida axborot mahsulotlarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy va axborotlashgan tizimda davlat bibliografiyasining o krnini belgilashni talab etadi. Davlat bibliografiyasi axborot faoliyatining bir qismidir. Jamiyat axborot qimmatini ko‘tardi, axborot mahsulotlari esa kengayib bormoqda.Bu, ayniqsa, bosma mahsulotlardari elektron ko^rinishdagi mahsulotlarga o‘tib borishda ko‘rinadi. Axborotlashuvning asosiy vositasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalaridir. Buning natijasida davlat bibliografiyasi ham kompyuterlashib, axborot sanoatining bir qismiga aylandi. Uning qay darajada ekanligi mamlakatda axborotlashuvning qay darajada tashkil etilganiga bog‘liq. Bunda davlat bibliografiyasiga davlatning qo‘llab-quvvatlashi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Butun dunyo va davlatlar o krtasida davlat bibliografiyasining rivojlanishi uzviy bogliqlikda amalga oshadi. Bu Universal bibliografik hisobga olish dasturida va „Yevropa iqtisodiy hamkorligini“ tashkil etishda ham 96 nazarda tutilgan. Turli mamlakatlar davlat bibliografiyasining avtomatlashgan tizimini dasturiy ta ’minlash nashriyotlarga va kitob savdosi tashkilotlariga topshirilgan. Bu bibliografiya, nashriyot va kitob savdosi ishining birikib ketishiga olib keladi. Xalqaro miqyosda olib borilsa, dunyo axborot bozoriga chiqishni osonlashtiradi.
Davlat bibliografiyasi tizimida iste’molchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
1. Davlat bibliografiyasi taraqqiyotini aniqlashda iste’molchilar talablari asosiy omil bo‘ladi.
2. Iste’molchilar qarorlarni hal etishda ishtirok etadilar.
3. Davlat bibliografiyasi markazi muntazam iste’molchilarning axborotga bolgan talablarini o‘rganadi va undan tijorat xizmatini tashkil etishda foydalanadi.
4. Kutubxonalar davlat bibliografiyasi mahsulotlarining asosiy iste’molchilari bo‘lib qolaveradi, buning uchun axborot olamidagi yangi axborot manbalaridan, tijorat ma’lumotlari bankidan, ma’lumotlar bazasidan, axborot tarmoqlaridan foydalanish kerak.
Davlat bibliografiyasi markazi davlat bibliografik axborotining to‘g‘riligi va to‘laligi uchun javob beradi. Uning standart sifatida tasdiqlanishiga erishadi. Davlat bibliografik axborotni ilmiy tadqiqot ishlarini o ‘tkazish va uslubiy hujjatlarni tayyorlash yoli bilan unifikatsiya qilishni ta ’minlaydi.
Nazorat savollari.
1. Milliy bibliografiyaga qanday nashrlarni kiritish lozim?
2. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni tanlayotganda qanday belgilarga asoslaniladi?
3. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni Hududiy belgisiga ko‘ra turlari qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
4. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni Til belgisiga ko‘ra turlari qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
5. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni Etnik belgisiga ko‘ra turlari qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
6. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni Xalqchillik belgisiga ko‘ra turlari qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
7. Davlat bibliografiyasi nima?
8. Davlat bibliografiyasi tizimida iste’molchilar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 12apreldagi 123- sonli „Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori // „Xalq so‘zi“. 2002.
2.Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkiletish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti qarori // „Xalq so‘zi“, 2006.
3.Mamatraimova H. Bibliografiya // O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. — O’., 2001.
4.Mamatraimova H. Bibliografiyashunoslik// o‘sha joyda.
5. Mamatraimova H. Davlat bibliografiyasi//o‘sha joyda.—3- jild.—