Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə230/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Baholarning maks hajmi

5















8-ilova

Kelgusi mashg’ulot mavzusi: O‘zbekistonning mashhur bibliograflari.



Uyga vazifa: A.Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va bibliografiya markazi sifatida mavzusida mustaqil ish tayyorlash.


39-mavzu: Alisher Navoiy nomli O’zbekison Milliy kutubxonasi axborot va bibliografiya markazi sifatida
Reja:
1. A.Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarixi
2. Alisher Navoiy nomli O’zbekison Milliy kutubxonasi axborot va bibliografiya markazi sifatida
3. Ilmiy-yordamchi bibliografik ko‘rsatkichlar
Mamlakatimizda uzoq tarixga ega bolgan kutubxona AlisherNavoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidir. 1867-yili 16-avgustda Turkiston general-gubernatori K. P. Kaufman Xalq maorifi vazirligiga Turkistonda kutubxona tashkil etish va kitob omborlaridan dublet nusxali kitoblarni ajratish hamda shu asosda
kutubxona tashkil etishga yordam sokrab murojaat qiladi. 1870-yil mayida 200 nomdagi 2200 adabiyot to'planib, Toshkent ommaviy kutubxonasi yadrosi tashkil etiladi va. Kutubxona ochiladi. 0 ‘lkashunos olim, kuchli bibliofll va kutubxonashunos N. V. Dmitrovskiy shu kutubxonaning birinchi direktori etib
tayinlanadi.
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi 2002- yil 20- fevralda e ’lon qilingan Respublikamiz Prezidentining „Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi Farmoniga ko‘ra Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi bilan birgalikda qo‘shilib, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi" deb qayta tashkil etildi. Shu yil 4- iyuidagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Milliy kitob palatasi ham Milliy kutubxona tarkibiga o‘tkazildi. Milliy kutubxona respublikamizning davlat kutubxonasi, axborot va madaniy- ma’rifiy muassasasi boiib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiytadqiqot,
ilmiy-uslubiy va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxonaning asosiy maqsadi — butun insoniyat bilimini aks ettirgan, Olzbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli barcha turdagi hujjatlarning universal fondini yigish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir. Hozirgi kunda kutubxona jahonning 75 tilidagi deyarli 10mln nusxa hujjatga ega, undan 3 mln dan ortigl o ‘zbek milliy
matbuotini tashkil etadi. Har yili kutubxonaga 15 — 20 ming nusxa hujjat olinadi. Kutubxona 1956-yildan Xalqaro kitob almashuv tizimida ish olib boradi va jahonning 24 davlatidan 30 dan ortiq tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Kutubxonada 20 dan ortiq b o lim mavjud boiib, k'itobxonlarga kutubxonachilik,
bibliografik va axborot xizmati yolga qo^yilgan. 250 mingdan ortiq nashrga ega bolgan „Noyob va nodir adabiyotlar boiimi", 7 mln dan ortiq hujjatni saqlovchi „Asosiy fondni saqlash bo‘limi“, 260 ming hujjatni saqlovchi „Fondlarni depozitlar saqlash bo’limi", 35 mingdan ortiq fondga ega bolgan „Bibliografik
maiumot nashrlar fondi", 80 mingdan ortiq o‘zbek mumtoz va jahon musiqasi ovozli yozuvlari, musiqa-nota nashrlari, 150mingdan ortiq tavsiriy va amaliy san’at asarlari to‘plangan„Madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy-axborot boiimi", „Kutubxonachilik ilmiy-marketing tadqiqotlari markazi", „Avtomatlashtirish
yangi axborot texnologiyalar boiimi", „llmiyuslubiy bo’lim " , „Milliy bibliografiya b o iim i" , „Axborotma’lumot xizmati bo‘limi“ kabilar mavjud.
Kutubxona Respublikamiz kutubxonalari uchun ancha yillardan beri kutubxonashunoslik, oikashunoslik ishi va bibliografiya ishi bo‘yicha asosiy uslubiy markaz va rahbar vazifasini bajarib kelgan. Kutubxonaning birinchi direktori N. V. Dmitrovskiy rus kitoblari fondining katalogini, keyingi direktori S. A. Lidskiy esa alifbo katalogini tuzganlar. Shuningdek, boshqa mamlakatlar
kutubxonalarining bibliografik nashrlari, respublikada tuzilayotgan barcha turdagi bibliografik nashrlar, ma’lumotnoma-nashrlar ham to ‘plab borilgan. 1980-yildan Milliy bibliografiya bo iim i, ma’lumot-bibliografiya boiimi, axborot-bibliografiya bolimlari alohida tashkil etildi. Bolimlar tashkil etilganidan beri nashr
qilingan barcha bibliografik mahsulotlar, har yili nashr etiladigan kutubxonachilik va bibliografiya ishi, kitob ishiga oid barcha rasmiy hujjatlar, davlat hujjat lari, vaqtli matbuot nashrlari, shuningdek, Dmitrovskiy, Dorn, Maslova, Avsharova, Semyonovlar tomonidan tuzilgan va bizga meros boklib qolgan barcha ko‘rinishdagi ko’rsatkichlar nodir manba sifatida saqlanadi. Hozirgi paytda
quyidagi kataloglar yuritiladi: alifbo, sistemali, guruhli ishlash materiallarining sistemali katalogi, avtoreferatlar sistemali katalogi, notalarning alifbo katalogi, geografik kartalar katalogi, chet el adabiyotlarining alifbo va sistemali katalogi, jurnal va gazetalaming alifbo katalogi, noyob nashrlarning alifbo, predmet, mavzuli katalogi, elektron katalog, mamlakatning yigkma elektron katalogi.
Kutubxona turli yoknalishlarda bibliografik mahsulotlar tayyorlaydi va nashr etadi:

Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin