a) Bibliografik faoliyatning sub'ektlari va maqsadlari
Bibliografik faoliyatning bosh sub'ekti - bibliografik axborotni ishlab chiqish, iste'molchiga yetkazish va bibliografik axborotdan foydalanishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi mutaxassis-bibliografdir.
b) Bibliografik faoliyatining ob'ekti
Bibliografik faoliyatning ikki asosiy tarkibiy qismdan - xujjat va axborot iste'molchisidan tashkil topuvchi xujjatlar aloqa yo’llari tizimi ob'ekt sifatida keladi.
"Hujjat - iste'molchi" tizimi yagonadir, shu bilan birga turli bibliografik jarayonlarda hujjatlar va iste'molchilar turlicha vazifani bajaradilar.
Hujjat-aniq axborotni tarqatuvchisi sifatida bibliografik qo’llanmalar tuzish (bibliografiyalash) jarayonining bevosita ob'ektidir. Hujjatning tarkibi turli – tumandir, kitoblar va kichik risolalar, gazetalar, jurnallar, kino-foto materiallar, magnit tasmalari, tasviriy san'at asarlari, mikrotasvirlar va xokazolar.
Bibliograf-kasbiy xotirasi rivojlangan, bibliografik ma'lumotlarni eslab qolishga o’rgangan, chidamli, mantiqiy fikrlash doirasi rivojlangan, tez qaror qabul qila oladigan, manbalar doirasini yaxshi bilgan, ularning biridan ikkinchisiga tez o’ta oladigan bo’lishi, umumilmiy va o’z mutaxassisligi bo’yicha bilimlarni chuqur egallagan, bilimini amalda tadbiq qila oladigan, bibliografik qidirish olib bora oladigan, manbalardan foydalana oladigan, ob'ektiv olamni idrok etuvchi ongli shaxs bo’lishi zarur. Bibliografik faoliyatning maqsadlari- bibliografik jarayonlarda sub'ekt sifatida bibliograf tomonidan keltirib chiqariladigan ichki va tashqi shart - sharoitlarga ko’ra xilma - xildir.
Hujjatlarni shakliga ko’ra klassifikasiyalashda esa vaqtli bo’lmagan (kitoblar va kichik risolalar, varaqalar), vaqtli va davomli nashrlar (jurnallar, gazetalar, byulletenlar, varaqalar), audiovizual materiallar (kinofotomateriallar, mikrofilmlar, diafilmlar, tasviriy san'at asarlari) va boshqalar bo’lishi mumkin. Nashr hillari bo’yicha esa 8 ta asosiy hili ajratiladi: ilmiy adabiyotlar, ilmiy - ommabop nashrlar, ishlab chiqarish adabiyotlari,o’quv adabiyoti, spravka nashrlari, siyosiy-ommabop adabiyot, axborotli nashrlar, badiiy adabiyotlar.
Dostları ilə paylaş: |