b) Bibliografik faoliyatining ob'ekti
Bibliografik faoliyatning ikki asosiy tarkibiy qismdan - xujjat va axborot iste'molchisidan tashkil topuvchi xujjatlar aloqa yo’llari tizimi ob'ekt sifatida keladi.
"Hujjat - iste'molchi" tizimi yagonadir, shu bilan birga turli bibliografik jarayonlarda hujjatlar va iste'molchilar turlicha vazifani bajaradilar.
Hujjat-aniq axborotni tarqatuvchisi sifatida bibliografik qo’llanmalar tuzish (bibliografiyalash) jarayonining bevosita ob'ektidir. Hujjatning tarkibi turli – tumandir, kitoblar va kichik risolalar, gazetalar, jurnallar, kino-foto materiallar, magnit tasmalari, tasviriy san'at asarlari, mikrotasvirlar va xokazolar.
Ob'ekt - bizdan tashqarida, bizning onggimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq yoki mavzu. Bibliografik faoliyatda hujjatning qaysi turidan qat'iy nazar bibliografik qayta ishlash maqsadiga ko’ra hujjatlar uch asosiy belgisi: mazmuni, shakli, maqsadi va kitobxonlik doyrasi e'tiborga olinib ajratiladi. Mazmuniga ko’ra hujjatlar ajratilganda biron - bir tayyor klassifikasiya jadvaldan foydalaniladi. Masalan, kutubxona bibliografiya klassifikasiya jadvali, predmet (mavzuli) jadvali. Hujjatlarni shakliga ko’ra klassifikasiyalashda esa vaqtli bo’lmagan (kitoblar va kichik risolalar, varaqalar), vaqtli va davomli nashrlar (jurnallar, gazetalar, byulletenlar, varaqalar), audiovizual materiallar (kinofotomateriallar, mikrofilmlar, diafilmlar, tasviriy san'at asarlari) va boshqalar bo’lishi mumkin. Nashr hillari bo’yicha esa 8 ta asosiy hili ajratiladi: ilmiy adabiyotlar, ilmiy - ommabop nashrlar, ishlab chiqarish adabiyotlari,o’quv adabiyoti, spravka nashrlari, siyosiy-ommabop adabiyot, axborotli nashrlar, badiiy adabiyotlar.
Axborot istemolchilari-bibliografik faoliyat sohasida bibliografik xizmatning yashirin va to’g’ridan to’g’ri (bevosita) ob'ekti hisoblanadilar (ya'ni bibliografik xizmatda ishtirok etmay bibliografiyadan foydalanadi, ikkinchidan, ish faoliyati davomida o’zi bibliografik axborotni ya'ni bibliografik ro’yxatni yaratadi - tuzadi ).
"Hujjat-iste'molchi" tizimining asosiy tarkibiy qismlari bibliografiya nuqtai nazaridan sifatli, lekin bir hildagi muhim rol o’ynaydi. Ular o’rtasida doimo axborot aloqasi mavjud va bu axborot aloqasi bibliografik faoliyatning haqiqiy ob'ekti hisoblanadi.
Demak, "hujjat-iste'molchi" tizimi bibliografiyaning bevosita (to’g’ridan to’g’ri) va bavosita ob'ektini tashkil qiladi.
v) Bibliografik faoliyatning jarayonlari.
Bibliografik faoliyat ikkita asosiy va bir - biriga uzviy bog’liq bo’lgan jarayonlar - xujjatlarni bibliografiyalash va bibliografik axborot iste'molchilariga bibliografik xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Bibliografiyalash - xujjatlarda qayd etilgan bibliografik axborotni bibliofafik qo’llanma shaklida ishlab chiqish (tayyorlash) jarayonidir.
Bibliografiyalash jarayoni.
a) birlamchi xujjatlar massivi yoki oqimini qidirish yoki xabar berish maqsadida bibliografik qayta ishlab bibliografik axborot sifatida aks ettirish
b) aniq talab va extiyojlarga bog’liq holda bibliografik axborotni qayta ishlash va unga baxo berish ishlarini o’z ichiga oladi.
Bibliografiyalashning ikkinchi bosqichi bir vaqtning o’zida bibliografik xizmat ko’rsatishga ham xosdir.Bibliografik xizmat ko’rsatishning o’ziga xos jarayoni - bu bibliografik axborotni iste'molchilarga bevosita yetkazishdir.Bibliografiyalash bibliografik xizmat ko’rsatishning zarur bibliografik asosini yaratib beradi. Bibliografiyalash, bibliografik xizmat ko’rsatishning asosi-bibliografik qidirishdir. U bibliografik axborotning qidirish vazifasi bilan bog’liq va uning amalga oshirilishini texnologik tomonidir. Bibliografik qidirishning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda xujjatning o’zi emas, balki xujjat haqidagi ma'lumot qidiriladi va iste'molchiga shu ma'lumot, ya'ni bibliografik axborot yetkaziladi.
Xujjatlarii bibliofafiyalash bir tomondan xujjatli ob'ektlarning hajmi, shakli va mazmuniga; ikkinchi tomondan esa tuzilayotgan bibliografik axborotning aniq maqsadi va kitobxonlik doyrasiga bog’liq bo’ladi.
Xar qanday bibliofafik qo’llanmani tuzish to’rt asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
-tayyorlov (mavzu tanlash va uni o’rganish, qo’llanmaning prospektini tuzish, adabiyotlarni aniqlashni o’z ichiga oluvchi);
-analitik (aniqlangan xujjatlarni umumiy taxlil qilish, bibliografik tasvirlarini tuzish, annontasiyalash yoki referatlash, indekslash va predmetlash ishlarini o’z ichiga oluvchi);
-sintetik (taxlil qilingan xujjatlar ichidan tanlash va ularni gruppalash jarayonini o’z ichiga oluvchi );
-yakunlovchi (qo’llanmaning spravka - metodik apparatini tuzatish, unga muxarrirlik qilish va uni rasmiylashtirish ishlari bajariladigan) bosqichlar.
Bibliografik faoliyatning ikkinchi jarayoni -bu bibliografik xizmat ko’rsatishdir.
Bibliofafik xizmat ko’rsatish - bibliografik axborotni iste'molchiga yetkazish jarayonidir. Bibliofafik xizmat ko’rsatish ikki tartibda: spravka - bibliografik xizmat ko’rsatish, bibliografik axborot bilan ta'minlash tartibida ko’rsatiladi. Spravka - bibliografiya xizmati iste'molchining axborotga bo’lgan so’rog’ini qabul qilib olish va uning savoliga javob berishdan iborot. Spravka -bibliografiya xizmatida albatta so’roqning bo’lishi zarur. Bu xizmatda "iste'molchining so’rog’i - bibliografning javobi" munosabati mavjud bo’lib, birinchisi xizmatning asosi, ikkinchisi yakuniy natijasi hisoblanadi.
Bir martalik so’roq - axborotga tushgan og’zaki yoki yozma shakldagi, tez javob beriladigan so’roqdir. So’roqqa javob ham yozma yoki og’zaki shakldagi spravka, rad javobi yoki uslubiy konsultasiya ( maslaxat ) dan iborat bo’lishi mumkin. Spravka ( ma'lumot ) - bir martalik so’roqqa berilgan javob, ya'ni axborotdir.
Rad javobi - bu bir martalik so’roqqa javob berish imkoniyati yo’qligining sababi ko’rsatilgan javobdir. Uslubiy konsultasiya (maslaxat)- bu zarur axborotni olish yo’llarini ko’rsatuvchi va maslaxat beruvchi bir martalik so’roqqa berilgan javobdir. Bunda axborot talabchisi axborotni qidirishi uchun biror manbaga yo’naltirilishi, unga boshqa kutubxonaga murojat etish tavsiyasi berilishi mumkin.
Spravka - bibliografiya xizmatida spravka va uslubiy maslaxat berish, xizmat ko’rsatishning ijobiy shakllari xisoblanadi. Ularning har ikkisi ham undagi axborotning xususiyatiga ko’ra bibliografik va faktografik bo’lishi mumkin. Bibliofafik spravkalar uch asosiy turda bo’ladi: asarning kutubxona fondida bor yoki yo’qligi haqidagi ma'lumotni alifbo katologi yordamida qidirib aniqlanadi va topilgan javob - spravka kitobxonga beriladi. Ikkinchi holda esa bibliograf qidiruvni dastlab sistemali katalokka tuzilgan "alifbo - predmet ko’rsatkichi" dan boshlaydi, uning yordamida extimollar nazariyasiga oid qanday nashrlar kutubxona fondida borligini aniqlab, sistemali katalogdan aynan shu masalaga oid kitoblarni qidirib topadi va ularning ro’yxatini kitobxonga beradi. Bu holda ham ikki hil spravka – ham bibliografik ma'lumotlarini aniqlovchi spravka, ham kutubxona manzili, ya'ni aynan bir hujjatni kutubxona fondida bor - yo’qligini aniq aytib beruvchi spravka bajariladi. Demak, bu ikki spravka - bibliografiya xizmati ko’p hollarda birgalikda bajariladi, birini bajarishga ikkinchisi yordam beradi. Faktorografik spravka - faktlar, raqamli ma'lumotlar, sanalar va xokazolar haqidagi ma'lumotlarni beradi. Bunday faktografik so’roqlar kitobxonlardan ko’plab tushib turadi. Bunday so’roqlarni oson bajarilishini ta'minlash uchun kutubxonalarda faktografik kartoteka yuritilishi maqsadga muvofiqdir, ayniqsa, shu kutubxona joylashgan o’lka hayotining hamma masalalari bo’yicha fakt va raqamlar, voqea hodisalarning bo’lib o’tgan joyi va vaqti haqidagi ma'lumotlarni o’zida jamlagan bunday kartoteka faktografik so’roqlarni so’zsiz bajarilishini ta'minlaydi. Masalan Buxoro viloyat kutubxonasiga kelgan kitobxon Buxorodagi " Minorai Kalon " me'morchilik yodgorligining qachon ko’rib bitkazilganini so’radi. Agarda kutubxonada yuqorida aytilgan faktografik kartoteka bo’lmasa, bu so’roqni bajarish uchun kutubxona xodimlari yoki bibliograflar Buxoro tarixiga oid kitoblarni ko’rib chiqishlari zarur bo’ladi. Bu ko’p vaqt va mexnat talab qiladi, kitobxon bunday uzoq vaqt kuta olmasligi mumkin. Shunday hollar bo’lmasligi uchun har qanday kutubxonada, ayniqsa, viloyat universal ilmiy kutubxonalarida spravka bibliografiya xizmati jarayonida bibliografning javoblari: Bibliografik axborot bilan ta'minlash kutubxona sharoitida iste'molchiga uning so’rog’isiz yoki doimiy so’roqlari buyicha bibliografik axborotni muntazam yetkazib turishdir.
Dostları ilə paylaş: |