Ilmiy ommabop nashrlar xaqida fikringizni bildiring
F
S
M
U
Ko’rsatkichlar
5
4
3
2
Jami 5
“FSMU” metodidagi faolliklari.
Faol ishtiroki
Nofaol
Qisman
Umuman ishtirok etmadi
Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti
4-ilova
Bu nashrlar maqsadiga, unda berilayotgan axborotning
xarakteriga ko‘ra rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, kasbiy
ishlab chiqarish va ma’lumotnoma nashrlariga ajratiladi. Memuar
va kundalik nashrlari alohida guruhga kiritiladi.
Rasmiy nashrlar—davlat organlari, hukumat tashkilotlari nomidan chiqadigan qonuniy, me’yoriy va direktiv hujjatlar. Ularning mazmuni davlat organi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi axborotlari kabi nom bilan chiqadi.
Ilmiy nashrlar — fan, texnika, madaniyatning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijasini aks ettiruvchi materiallardir. Bunday nashrlar
ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichlari haqidagi, mutaxassislar
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlari haqidagi axborot
materiallaridan iborat, tarkibiga, mazmuni, xarakteri, ahamiyatiga
ko‘ra quyidagi turdagi ilmiy nashrlar chiqariladi: fan arboblari
asarlari; ko‘p jildda nashr etiladigan fan tarixiga oid asarlar;
dolzarb mavzulardagi ilmiy asarlar to‘plamlari; monografiyalar;
ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar materiallari va boshqalar.
Ilmiy-ommabop nashrlar — fan, texnika, madaniyat sohalaridagi yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa keng kitobxonlar ommasi tushunadigan tilda va uslubda bayon etgan asarlardan iborat. Ular juda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu adabiyotlar tufayli kitobxonlar o‘zlarining bilim saviyasini oshirib boradilar, hozirgi zamon fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo‘ladilar, mustaqil bilim olish ko‘nikmasini egallaydilar. Hozirgi paytda tibbiyotga, tabiiy-ilmiy bilimlarga, mamlakatimiz tarixiga, siyosiy muammolarga, ma’naviyatga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, biografik materiallar nashr etish kengaygan.
Kasbga va ishlab chiqarishga oid adabiyotlar— xalq xo‘jaligining turli sohasidagi ishlab chiqarish texnologiyasi, texnikasi va uni tashkil etishga
bag‘ishlangan adabiyotlardir. Kitobxonlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli ishlab chiqarish mutaxassislari— muhandislar, agronomlar, texniklar. Ular uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ilmiy ishlab chiqarish adabiyotlari deyiladi. Ishlab chiqarishdan tashqari o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, iqtisodchilar, yuristlar, kutubxonachi-bibliograflar uchun kasbiy adabiyotlar — amaliy qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar, xatlar, turli mavzularga oid tavsiya adabiyotlari nashr etiladi. Ommaviy ishlab chiqarishga oid adabiyotlar turli kasbdagi ishchilar, mutaxassislar, ustalar, ishlab chiqarish firmalari va fermer rahbarlari uchun mo‘ljallanadi.
O‘quv nashrlari fanning, amaliy faoliyat sohasining ma’lum bir tizimda aks etgan axborotini o‘z ichiga oladi. O‘quv nashrlariga o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar kiradi. O‘quv nashrlari mazmuniga ko‘ra sohali yoki ixtisoslashgan adabiyotdir. Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining o‘quvchilari va talabalariga, malaka oshirish kurslarining tinglovchilariga va o‘qituvchilarga mo‘ljallanadi
5-ilova Nazorat savollari.
Rasmiy nashrlarga ta’rif bering
Kasbga va ishlab chiqarishga oid adabiyotlar qaysilar?
Ilmiy-ommabop nashrlar qanday bo’ladi?
O‘quv nashrlari xaqida ma’lumot bering?
6-ilova
Kelgusi mashg’ulot: Bibliografik nashrlar sharhi
Uyga vazifa Mavzu yuzasidan taqdimot yaratib kelish.