1-ilova
Ta’lim oluvchilar uchun baholash ko‘rsatkich va mezonlari
Mavzu
|
Mak.
O‘zl.
Ko‘r.
100
%
Mak.
Ball
|
Sh.J.Baholash shakllari bo‘yicha davrlarga nisbatan taqsimlash
|
Davo mad va faollik
|
Dars jarayo nidagi faollik
|
Uyga
vazifa
|
Must aqil ishlar
|
Amaliy topshiri
q,og’za ki
savoljavob
|
Tadbirkorlikda oʻz oʻzini band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari
|
5
|
0,5
|
0,5
|
1
|
1
|
2
|
2-ilova
Mavzu: Tadbirkorlikda oʻz oʻzini band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari
Tadbirkorlikda oʻz oʻzini band qilish faoliyati va uning imkoniyatlarini bilib oladilar.
O’qitish natijasi
3-ilova
Muhokama uchun savollar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llarini ta‘riflab bering. Ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?
Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish tamoyili mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‘laroq bayon qiling.
Respublikada iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
4-ilova
Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti:
O'z-o'zini band qilish tamoyillari asosida karyerasini qurishni mo'ljallaganlar, odatda, quyidagi besh sababdan kelib chiqishadi: shaxsiy qoniqish, mustaqillikka intilish, foyda olish, bandlik kafolati va shaxsiy mavqe.
Shaxsiy qoniqish. Ayrim odamlar uchun o'ziga ishlash bilan bog'liq asosiy katta taqdirlanish - bu shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish o'z hayoti bilan o'zi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi. O'z-o'zini band qilish sizga har bir ish kunini o'zingizga rohat bag'ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingiz.ga imkon beradi. Masalan. rasm olishni yaxshi ko'rsangiz., siz o'zingizni xususiy studiyangizni tashkil etishingiz mumkin. Har safar mijoz o'z fotoportretidan qoniqqanini bildirganda, siz ham shaxsiy qoniqish his qilasiz.
Siz o'zingiz yashaydigan jamoaga yordam berganingizdan ham qoniqish olishingiz mumkin. O'z-o'zini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar yetkazib beradi. xi/matlar ko'rsatadi hamda ularga ish o'rinlarini taqdim etadi. Ular. shuningdek. boshqa mahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, mahalliy banklardan qarzga pul olishadi, soliqlarni to'lashadi.
Siz nafaqat o'z-o'zini band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz kerak, balki u bilan bog'liq yoqimsiz narsalardan ham xabardor bo'lishingiz kerak: investitsiya qilingan sarmoyani yo'qotish ehtimoli. ishonchsiz yoki past daromad, ko'p vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarishzarurati.
Investitsiya qilingan sarmoyani yo'qotish ehtimoli. O'z-o'zini band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yo'qotish xavfi bog'liqdir. «Investitsiya qiliagan sarmoya» atamasi tadbirkor o'z xususiy korxonasini tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda. biznesda tavakkalchilik qancha yiiqori bo'lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko'proqdir
Agarda. korxona yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa, foyda katta bo'lishi mumkin. Agarda, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo'qotilishi mumkin. tadbirkor o'z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg'armasini bekorga yo'qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul bergan bank, ta'minotchilar va shaxslarga to'lovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.
Ishonchsiz yoki past daromad. Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli o'laroq, foyda miqdori oydan oyga o'zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham o'rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo'lmasligi mumkin. Bunday holat ko'pincha birinchi olti — o'n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi.
2-Mavzu:Tadbirkorlikda oʻz oʻzini band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari
Reja:
1.O'z-o'zini band qilishning afzalliklari.
2. O'z-o'ziga ishlash bilan bog'liq cheklovlar.
3. O'z-o'zini band qilishning tabiati
Dostları ilə paylaş: |