Xususiy tadbirkorlik-tadbirkor fuqaroning xususiy mulkiga asoslangan korxona o`zi joylashgan yeridagi tuman, shahar va shahardagi tuman hokimiyatiga davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi: o`zi mustaqil balansiga, muhriga va banklarda hisob raqamlariga ega bo`ladi.
Jamoa tadbirkorligi- bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik-bu jamoa tadbirkorligi hisoblanadi.O`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular o`zlariga maqbul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashadilar. Jamoa tadbirkorligining afzallik tomoni shundaki, nuga birlashgan fuqarolar faoliyatining asosida faqat bir maqsadga, qaratilgan bo`lib, foyda olishni jamoa asosida tashkil qilishdan iboratdir.
Hamkorlikdagi tadbirkorlik-O`zbekiston Respublikasi dagi yuridik shaxslar va fuqarolar bilan hamda ajnabiy davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarning mulkiy huquqlarini qo`shish asosida amalga oshishiladi. Hamkorlikdagi tadbirkorlikda o`z mulklarini va mulkiy huquqlarini birlashtiradilar. Hamkorlikdagi tadbirkorlikning tashkiliy birligini yuridik shaxs tashkil etadi.
U yoki bu turdagi biznes tashkil qilishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlashda qanday qilib to`g`ri qaror qabul qilish mumkin va bunda nimalarga asoslanish kerak?
Tadbirkorlikni amalga oshirish shakllarini belgilab beruvchi asosiy omillarni keltiramiz. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
Biznes turi va unig o`lchami;
Bo`lajak ƒishchi hamkorlar soni ularning biznesni boshqarishdagi ishtiroki va har birining mas’uliyati;
Korxona tuzuvchilari ixtiyoridagi mablag`lar va qonun tomonidan belgilangan Nizom fondining eng kichik o`lchamlari;
Nizom fondidagi har bir hamkor ulushning miqdori;
Sanab O‘tilgan har bir huquqiy shakllarining o`ziga xos xususiyatlari.
Bundan tashqari, mulkchilik shakliga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi:
-Jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan;
-Shirkat (jamoa) milkiga asoslangan xo`jalik va hamkorlik jamiyatlari, jamoat va diniy tashkilotlarga tegishli jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish shirkatlari ( koperativlari) va boshqa shakldagi jamoa mulkchiligiga asoslangan korxonalar;
-davlat mulkchiligiga asoslangan – davlat respublika korxonalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi ning davlat korxonalari, davlat viloyatlararo, tumanlararo, tuman, shahar va boshqa turdagi korxonalar:
-Aralash mulkchilik shakliga asoslangan- davlataro, qo`shma va boshqa turli mulkchilik shaklidagi to`la va ulushli ishtirokka asoslangan korxonalar.
5-ilova