1.Tadbirkorlik nima?
2.Tadbirkorlikning asosiy jixatlari nima?
4-ilova
Yangi o’quv materialining slaydli taqdimoti:
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron-bir shaxs — tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararliligini belgilovchi noaniqlik omili sifatida baholangan. Тadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi bo‘lgan mulkdorlar o‘rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Shuning uchun, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste’molchilar talablari asosida amalga oshirish va tashkil etish hamda fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug’ullanish lariga keng yo‘l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanishi, yuqori samara, tashabbus va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishlariga katta e’tibor qaratilyapti.
Тadbirkorlarimiz oldilariga qo‘ygan yuksak maqsadlariga erishishda bir qator muammolarga duch kelishmoqda, bular — qonuniyatlarni yetarli darajada to‘la anglamaslik, biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli bilim hamda ko‘nikmaga ega emasliklarida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa albatta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimizda sust rivojlanishining asosiy sabablaridan biridir.