Fotograflarning ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqilgan. Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‗llab- quvvatlanadigan Photoshop dasturidir. Uning dastlabki versiyasi 1990-yilda yaratilgan bo‗lib, hozirgi paytgacha yigirmaga yaqin versiyalari sotuvga chiqarilgan.
Ulardan dastlabki yettitasi Adobe PhotoShop 1, 2, ..., 7 nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. 2007-yildan boshlab Adobe PhotoShop CS 1, 2, ..., 7 versiyalari ishlab chiqilgan. 2013-yildan boshlab yangi versiyalar Adobe PhotoShop CC deb atala boshladi. Ularning versiya nomerlari sifatida ishlab chiqilgan yillari qo‗yila boshladi. Hozirgi paytda bu dasturning eng yangi versiyasi Adope PhotoShop CC 2018 hisoblanadi.
Bu dasturlardan dastlabkilari asosan yakka holda ishlagan bo‗lsa, ikkinchi guruhida Adobe kompaniyasining boshqa mahsulotlari bilan birga ishlash, ular bilan ma‘lumot almashish imkoniyatlari paydo bo‗ldi. Oxirgi guruhga tegishlilarida esa intemetda saqlangan tasvirlarni bir paytda turli operatsion tizimlarda ishlaydigan turli kompyuterlar, planshetlar va telefonlardan bir paytda foydalangan holda qayta ishlash imkoniyatlari yaratildi
Photoshop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1) sarlavha satri va asosiy menyu; 2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri
4-ilova
PhotoShop - rastrli grafik muharririda ishlash asoslari imkoniyatlari qanday?
PhotoShop - rastrli grafik muharriri ishchi oynasi nimalardan tashkil topgan.
PhotoShop dasturida qanday uskunalar mavjud?
PhotoShop dasturining qanday menyulari bor?
5-ilova
6- ilova
CorelDraw - vektorli grafik muharririda ishlash asoslari. Ikki va uch o‘lchovli grafika
CorelDraw- vektorli grafik muharrida malumotlar to’plab kelish.