Paxtaobod pedagogika kolleji


Boot sektor viruslari (Bootsector viruses)



Yüklə 6,2 Mb.
səhifə114/114
tarix21.08.2023
ölçüsü6,2 Mb.
#140079
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan Sobirov Esonboy (1)

Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (zagruzka) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi.
Makro viruslar (Macro viruses) – Macro viruslar bu – o‘zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel hujjatlarini zararlaydi.
Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) — Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o‘zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo‘lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan.
Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkit’lar viruslar orasida o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkit’lar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo‘lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi Rootkit’larni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o‘zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko‘rsatishadi. Rootkit’lar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o‘rnatiladi.
O‘zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan paytda o‘zlarining kodlarini ham o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga “sovg‘a” taqdim etishi mumkin.

Foydanilgan Internet tizimlari: Axborot-resurs markazining VEB sayti
ARMning elektron pochta manzili: Saodat
Ta`lim muassasasi internetga “ZIYO-Net” tarmog`i orqali ulangan.
Kollejning VEB sayti www.toshped.zn.uz.
Kollejning elektron pochtasi E-mail.toshpedkollej@mail.ru. mavjud.
1.ZiyoNET. Ta`lim portali. www.ziyonet.uz.
2.www.google.uz.
3.O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi; www.markaz.uz.
4.www.TEACHER.uz.
5.www.vospitatel.com.ua.
6.www.dovosp.ru.
7.www.obruch.ru.
8.http://fikr.uz/post/fikr.maktabgacha ta`lim/5086.html

Yüklə 6,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin