Vasiy va homiy o‘z majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vasiylik va homiylik organiga hisobot taqdim etishi shart.
44-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylik va homiylik organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari yoxud ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi shart.
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)