38-modda. Vasiylik va homiylik organining ruxsatini olmay turib vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan shartnoma tuzish oqibatlari
Vasiy yoki homiy tomonidan vasiylik va homiylik organining ruxsatisiz vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan shartnoma tuzilganligi fakti aniqlanganda, vasiylik va homiylik organi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning manfaatlarini ko‘zlab zudlik bilan sudga murojaat qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylik va homiylik organining ruxsatisiz vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan tuzilgan shartnoma haqiqiy emas deb topilganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulk qaytarilishi, shartnoma taraflariga yetkazilgan zararning o‘rni esa, qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda vasiy yoki homiy tomonidan qoplanishi shart.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 114-moddasi ikkinchi qismi.
Dostları ilə paylaş: |