34-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlari
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiylarning yoki homiylarning mol-mulkiga nisbatan, vasiylar yoki homiylar esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkiga, shu jumladan alimentlar, pensiyalar, nafaqalar summalariga hamda boshqa ijtimoiy to‘lovlarga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lmaydi.
Mol-mulk qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra umumiy mulk huquqi asosida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga tegishli bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bob (“Umumiy mulk”)
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar o‘z vasiylarining yoki homiylarining mol-mulkidan ularning roziligi bilan foydalanishga haqli.
Vasiylarga yoki homiylarga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkidan o‘zlarining manfaatlari yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.