31-modda. Vasiylar va homiylarning huquqlari
Vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.
Homiylar o‘z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, homiyligidagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo‘ladigan suiiste’molliklardan muhofaza qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 83-bandi.
Vasiylar va homiylar:
o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni uning fikrini hamda vasiylik va homiylik organlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda tarbiyalash usullarini mustaqil belgilashga;
o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni qonuniy asoslarsiz o‘zida ushlab turgan har qanday shaxsdan, shu jumladan ota-onasidan hamda boshqa yaqin qarindoshlaridan uni qaytarib berishni sud tartibida talab qilishga;
o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minoti, unga tarbiya, ta’lim berish va uning sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxs mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli bo‘lmagan bitimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishga;
(31-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
zarur ijtimoiy yordam olish uchun vasiylik va homiylik organlariga, ta’lim muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilishga;
o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning davolanishi va sog‘lig‘ini tiklashi maqsadida davolash, sanatoriy-kurort muassasalariga yo‘llanmalar olish uchun sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylar va homiylar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(31-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vasiy yoki homiy o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo‘lishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas, bunday muloqot vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlariga mos kelmaydigan hollar bundan mustasno.
Vasiy yoki homiy, uning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiyning yoki homiyning eri (xotini), uning yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 84-bandi.
Dostları ilə paylaş: |